Limbik sistema


Katta miyaning medial yuzasida, ya’ni qadoqsimon tana va talamus atrofida joylashgan tuzilmalar limbik sistema tarkibiga kiradi (10.6-rasm).
pastedGraphic.png
Aylanasimon bo‘lib joylashgan ushbu tuzilmalar Papes aylanasi deb ham ataladi va emotsiyaning anatomik substrati hisoblanadi. Bular po‘stloqning eng keksa tuzilmalari bo‘lib, belbog‘ pushta, paragippokampal pushta, gippokamp, hidlov so‘g‘oni, tilsimon pushta, so‘rg‘ichsimon tanalar (corpora mamillaria) va bodomsimon tana (corpus amygdaloideum) dan iborat.
Funktsiyasi. Limbik sistema emotsional reaktsiyalar, motivatsiya, instinktiv xulq-atvor, uyqu va tetiklikni koordinatsiya qiladi. Turli ekstremal vaziyatlar, ya’ni xavf-xatar, sovuq, qo‘rquv, ochlik, chanqoqlikda moslashuv va himoya reaktsiyalarini ta’minlaydi. Yangi materiallarni esda olib qolish (gippokamp), qisqa muddatli xotirani uzoq muddatli xotiraga o‘tkazish va vegetativ funktsiyalarni integratsiya qilish ham limbik sistema faoliyatiga kiradi.

Limbik sistema zararlanishi
Limbik sistema zararlanishi psixoemotsional, vegetativ-vistseral va xotira buzilishlari bilan namoyon bo‘ladi. Bular –  qo‘rquv, vahima, xavotir, g‘azabnoklik, tajovuzkorlik, disforiya, depressiya, hissiy portlashlar, kuchli taxikardiya, bo‘g‘ilib ketish, terga botish, bosh aylanishi, bulimiya, holdan toyish, xushdan ketishlar, eslab qolish buzilishlaridir. 

Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi    
               © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив