Uzoqlashtiruvchi nerv
Uzoqlashtiruvchi nerv (n. abducens, VI juft) – harakat nervi. Yadrosi ko‘prikning dorsal qismida, IV qorincha tubida yotadi. Aksoni ko‘prik va uzunchoq miyaning chegarasida miyacha-ko‘prik burchagidan chiqadi. Miyaning bazal qismiga o‘tib olgan VI nerv kalla suyagi ichidan fissura orbitalis superior orqali ko‘z kosasiga o‘tadi. Ushbu nerv ham faqat bitta, ya’ni ko‘zning tashqi muskulini (m.rectus externus) innervatsiya qiladi. Bu muskul ko‘zni tashqariga tortadi. Uzoqlashtiruvchi nerv yadrosi ham ikki tomonlama kortikal innervatsiyaga ega.
Zararlanish simptomlari. 1) ko‘zni tashqariga burish qiyinligi; 2) qo‘shiluvchi g‘ilaylik (strabismus convergens); 3) tashqariga qaraganda diplopiya. Diplopiya har doim zararlangan muskul tomonga qarash talab qilinganda paydo bo‘lishi yoki kuchayishini esda tuting.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha