Umurtqa osteoxondrozi


Osteoxondroz (osteo suyak, chondros  – tog‘ay) suyak va tog‘ay to‘qimasining distrofiyasi, degan ma’noni anglatadi. Umurtqa osteoxondrozi umurtqalar va ularni bir-biri bilan bog‘lovchi tog‘ay to‘qimalar hamda umurtqalar orasidagi disklar distrofiyasi bilan namoyon bo‘luvchi surunkali kasallik. Umurtqa osteoxondrozida umurtqalar tanasi kichrayadi, ularda osteofitlar paydo bo‘ladi.   Umurtqalar orasidagi disklar mo‘rtlashib yupqalashadi, fibroz halqacha parchalanadi va umurtqalar orasidagi yoriq torayadi. Bu distrofik o‘zgarishlar disk churrasi paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Osteoxondrozda orqa miya o‘tadigan umurtqa kanali va umurtqa pog‘onasining yon tomonlarida joylashgan spinal ildizchalar o‘tadigan teshiklar ham torayadi. Ma’lumki, radikulyar arteriya va venalar yon teshiklardan o‘tadi. Shuning uchun ham mielopatiya, radikulopatiya va pleksopatiyalar kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri – bu umurtqa osteoxondrozidir. Osteoxondroz deyarli har doim spondiloartroz bilan namoyon bo‘ladi va keyinchalik deformatsiyalovchi spondilyoz rivojlanishiga olib keladi.


Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi 
              ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив