Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi UREMIK POLINEVROPATIYa

UREMIK POLINEVROPATIYa


Etiologiyasi. Uremik polinevropatiya buyraklarning surunkali etishmovchiligida rivojlanadi. Periferik nervlarda aksonopatiya va segmentar demielinizatsiya kuzatiladi.
  
Klinikasi. Oyoq-qo‘llarning distal qismlarida dizesteziya, paresteziya va turli og‘riqlar paydo bo‘ladi. Oyoqlarning uvishishlari, qichimalar va boldir mushaklaridagi krampi tipidagi og‘riqlar bemorni doimo bezovta qiladi. Bu simptomlar, ayniqsa, kechasi kuchayadi va xuddi «bezovta oyoqlar» sindromiga o‘xshab namoyon bo‘ladi. Og‘riqlar, shuningdek, buyrak etishmovchiligi avj olgan paytlari ham kuchayadi. Kasallik zo‘raygan sayin mushak-bo‘g‘im va vibrasiya sezgisi buzila boshlaydi, axill refleks so‘nadi, distal muskullarda diffuz atrofiya vujudga keladi. Biroq atrofiyalar engil ko‘rinishda bo‘ladi. Vegetativ-trofik buzilishlar, ayniqsa, terining doimo quruq bo‘lishi, akrotsianoz va tirnoqlarning mo‘rtlashib sinishi ko‘p kuzatiladi. Tashxis qo‘yishda bemorning surunkali buyrak etishmovchiligi bilan kasallanganligi, qonda mochevina va kreatinin miqdorining oshishi va ENMG tekshiruvlarga e’tibor qaratiladi.
 
Davosi va profilaktikasi. Rejali tarzda gemodializ muolajasini o‘tkazib turish yoki buyrakni ko‘chirib o‘tqazish polinevropatiyaning ham oldini oladi, bemorning umumiy ahvoli ham yaxshilanadi.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив