UXLATUVChI DORILAR
Uxlatuvchi hususiyatga ega dorilar faqat shifokor tomonidan tavsiya etiladi. Agar anksiolitiklar, sedativ dorilar va reflektor davolash muolajalari ko‘zlangan natijani bermasa, biroz kuchliroq ta’sirga ega uxlatuvchi dorilarga o‘tiladi. Bu maqsadda dastlab trankvilizatorlardan (tazepam, fenazepam) foydalaniladi. Ular doimiy tarzda emas, balki kichik-kichik kurslar bilan tavsiya etiladi. Masalan, uxlatuvchi dori 3-5 kun mobaynida yotishdan oldin ichishga buyuriladi. So‘ngra bemor 2-3 kun dori ichishni to‘xtatib, o‘zi uxlashga harakat qilishi kerak. Bu usul aksariyat hollarda tungi uyquni yana tiklaydi. Uxlatuvchi ta’sirga ega dorilar ushbu jadvalda keltirilgan.
1–jadval
Uxlatuvchi ta’sirga ega dori vositalari (D.R. Shtulman, O.S. Levin, 2018)
Farmakologik nomi | Firma bo‘yicha nomlanishi | Dozasi, mg |
Qisqa muddat ta’sir qiluvchi benzodiazepinlar | ||
Midazolam | Dormikum | 7,5 –15,0 |
Triazolam | Xaltsion | 0,125 – 0,250 |
Uzoqroq muddat ta’sir qiluvchi benzodiazepinlar | ||
Oksazepam | Tazepam | 5 –10 |
Lorazepam | Merlit | 1 |
Alprazolam | Ksanaks | 0,5 – 1 |
Bromazepam | Leksotan | 1,5 –3,0 |
Flunitrazepam | Rogipnol | 0,5 –1,0 |
Nitrazepam | Radedorm | 5 –10 |
Uzoq ta’sir qiluvchi benzodiazepinlar | ||
Flurazepam | Benazil | 15 |
Diazepam | Relanium | 5 – 10 |
Xlordiazepoksid | Elenium | 10 |
Fenazepam | Fenazepam | 0,25 – 1 |
Antidepressantlar | ||
Amitriptilin | Triptizol | 12,5 – 75 |
Agomelatin | Valdoksan | 25 – 50 |
Mirtazapin | Remeron | 7,5 – 30 |
Trazodon | Trittiko | 25 – 100 |
Benzodiazepin retseptorlari agonistlari | ||
Zolpidem | Ivadal | 5 – 10 |
Zopiklon | Imovan, Somnol | 3,75 – 7,5 |
Zaleplon | Andante, Sonata | 5 – 20 |
Boshqa dorilar | ||
Doksilamin | Donormil | 15 – 30 |
Klometiazol | Geminevrin | 600 – 900 |
Gidroksizin | Ataraks | 10 – 50 |
Melatonin | Melaksen | 1,5 – 3,0 |
Tsinnarizin | Tsinnarizin | 25 – 50 |
Levomepromazin | Tizertsin | 25 – 50 |
Izoh: Ushbu dorilar qariyalarga kam dozalarda buyuriladi. |
Uxlatuvchi dorilar ichida benzodiazepinlar keng qo‘llaniladi. Uyquga ketish qiyin bo‘lgan holatlarda qisqa muddat ichida ta’sir qiluvchi dorilar tavsiya etiladi. Uxlagandan keyin tez-tez uyg‘onib ketish va turli bezovtaliklarda uzoqroq muddat ta’sir etuvchi dorilar (tazepam, fenazepam, rogipnol, relanium) buyuriladi. Ruhiy kasalliklar bilan bog‘liq (endogen depressiyalar) insomniyalarda uxlatuvchi neyroleptiklar (tizertsin) albatta tavsiya etilishi kerak.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha