Uchinchi qorinchaga qon quyilishi
III qorinchaga qon quyilishi klinik simptomlari yon qorinchalarga qon quyilishi simptomlariga juda o‘xshash bo‘ladi. III qorinchaga qon quyilishi, ko‘pincha, talamusga quyilgan qonning yorib o‘tishi sababli ro‘y beradi. Chunki talamusning medial yuzasi III qorinchaning lateral devorini hosil qiladi. Uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: yuz-ko‘zlar giperemiyasi, tana haroratining keskin oshishi, yurak-qon tomir faoliyati va nafas olishning keskin buzilishi, koma, kuchli endokrin-vegetativ buzilishlar va yotoq yaralarning tez rivojlanishi. III qorinchaga qon quyilishda gormetonik sindrom belgilari ikki tomonda ham vujudga keladi. Bunda ikkala qo‘l tonik tarzda bukilib qoladi, ikkala oyoq esa yozilib yotadi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Insult va koma, Toshkent, 2013., 193 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha