Vegetativ simptomlar


Ko‘p terlash (gipergidroz) yoki kam terlash (gipogidroz), so‘lak ajralishi kuchayishi (gipersalivatsiya), og‘iz qurishi (giposalivatsiya), ko‘z qurishi (kseroftalmiya), nafas ritmi buzilishi (bradipnoe, taxipnoe), yurak ritmi buzilishlari (taxikardiya, bradikardiya, aritmiya), yurak sanchishi, sinkopal holatlar, yuz va tananing qizib ketishi, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, ich buzilishlari (qabziyat, diareya, meteorizm), tez-tez siyish (pollakuriya), libido susayishi, hayz tsikli buzilishi, semirish yoki ozib ketish, qon bosimning «o‘ynab turishi», oyoq-qo‘llar sovuq qotib muzlab yurishi, turli periferik shishlar paydo bo‘lishi, uyqu buzilishlari (ko‘p uxlash yoki uxlay olmaslik), tana harorati ko‘tarilishi (hech qanday infektsion omillarsiz), qo‘llarda titroqlar, fobiya va xavotir kabi simptomlar vegetativ markazlar disfunktsiyasi hisobiga rivojlanadi. Ushbu simptomlarning qay tarzda namoyon bo‘lishi simpatik yoki parasimpatik vegetativ markazlar ustuvorligiga bog‘liq.

Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi  
               © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив