Veber sinamasi


Kamerton kaftga urib tebrantiriladi va rasmda ko‘rsatilganidek, boshning qoq o‘rtasiga (vertex) qo‘yiladi (6.37-rasm).
pastedGraphic.png
6.37-rasm. Veber sinamasi. Tovushlarning suyaklar orqali o‘tkazilishini tekshirish.

Sog‘lom odamda kamerton tovushi ikkala quloqqa ham bir xil tarqaladi. Qaysi tomonda tovushni o‘tkazuvchi apparat zararlansa (tashqi eshituv yo‘llari), o‘sha tomonda kamerton tebranishi yaxshi eshitiladi (chunki tebranish suyak orqali tarqaladi). Agar bir tomonda tovushni qabul qiluvchi Korti apparati zararlansa (masalan, neyrosensor karlik), kamerton tebranishi sog‘lom tomonda yaxshi eshitiladi.

Manba© Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi
               © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив