Varoliy ko‘prigi


Topografiyasi. Ko‘prik (pons) uzunchoq miya va o‘rta miya orasida joylashgan bo‘lib, ko‘ndalang va uzunasiga ketgan zich tolalardan iborat. Ko‘prikning ikkala yon tomonga davom etgan ko‘ndalang qismi miyachaning o‘rta oyoqchalari hisoblanadi.
Xuddi uzunchoq miyadagi kabi ko‘prikning ventral va dorsal yuzalari farqlanadi.
Ko‘prikning ventral yuzasi. Ventral yuzadan, asosan, ko‘prikning ko‘ndalang tolalari (fibrae pontis transversae)  o‘tadi. Qoq o‘rtada asosiy egatcha (sulcus basilaris) joylashgan. Unda a. basilaris yotadi. Asosiy egatchaning ikkala yon tomonida do‘nglik bor. Ushbu do‘nglik ichidan, ya’ni ko‘prikning bazal qismidan kortiko-spinal va kortiko-nuklear yo‘llar o‘tadi.

Ko‘prikning dorsal yuzasi. IV qorinchaga qaragan bo‘ladi va uning tubi rombsimon chuqurchadir (5.5-rasm). Ko‘prikning dorsal qismida, ya’ni tegmentum da V, VI, VII, VIII nerv yadrolari yotadi (5.2-rasmga qarang). V nervning yuzaki sezgi yadrosining oral qismi (nucleus tractus mesencephalici) ko‘prikda, kaudal qismi (nucleus tractus spinalis)  uzunchoq miyada joylashgan. Mezentsefal yadro yonida nucleus motorius n. trigemini va nucl. pontinus n. trigemini yotadi. Yuz nervi do‘ngligi (colliculus facialis) ichida VI nerv, uning lateral qismida VII nerv yadrosi joylashadi. Yuz nervi yadrosidan chiqqan ildizchalar VI nerv yadrosini yarim aylanib o‘tishi natijasida do‘nglik (colliculus facialis)  paydo bo‘lgan. Buni VII nerv tizzasi (genu n. facialis) deb ham atashadi.


Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi   
               © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив