Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Varoliy ko‘prigi va uzunchoq miya o‘smalari

Varoliy ko‘prigi va uzunchoq miya o‘smalari


Miya ustuni o‘smalari uchun juda xos bo‘lgan simptomlar – bular alternirlashgan sindromlar, ya’ni o‘choq tomonda kranial nervlarning periferik falajligi, qarama-qarshi tomonda markaziy tipdagi gemiparez va gemigipesteziyalar.    Varoliy ko‘prigi o‘smasida Miyyar-Gubler sindromi, uzunchoq miya o‘smasida Jekson sindromi kabi alternirlashgan sindromlar rivojlanadi.
  
Miya ustuni o‘smalarida kuzatiladigan alternirlashgan sindromlar insultdagi kabi to‘satdan rivojlanmaydi va yaqqol namoyon bo‘lmaydi. O‘sma kranial nervlar yadrolari joylashgan joyda o‘sa boshlasa, dastlab ularning periferik falajligi vujudga keladi, keyin qarama-qarshi tomonda markaziy gemiparez va gemigipesteziyalar rivojlanadi. Ammo bu simptomlarning qay tarzda namoyon bo‘lishi o‘smaning qaysi tarafga qarab o‘sishiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
  
Miya ustuni o‘smalari hayot uchun o‘ta xavfli bo‘lib, ularni operativ yo‘l yoki boshqa usullar bilan davolash har doim ham kutilgan natijani beravermaydi

Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi 
              ©asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив