Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi VAQTI YO‘Q OLIMLAR (hazil)

VAQTI YO‘Q OLIMLAR (hazil)


Institutni tugatgan yosh yigit shanba kuni ustozi oldiga kirib, dedi:
     – Ustoz, menga ilmiy ish bering, men ham sizga o‘xshagan olim bo‘laman.
     Ustoz, vaqtim yo‘q, bugun boshqa professorlar bilan choyxonamiz bor, keyinroq gaplashamiz, dedi. Shogird bir amallab o‘zi ilmiy ish boshladi va dastlabki maqolasi bilan ustozi oldiga kirdi: “Ustoz, ushbu maqolamni bir ko‘rib bering”. Ustoz dedi: “Vaqtim yo‘q, sen chop qildiraver, keyin birgalikda o‘qiymiz, hozir choyxonamiz bor”. Yillar eldek uchib o‘tdi, himoya kuni yaqinlashdi. Shogird ustozi oldiga kirib, iltijo qildi: “Ustoz dissertatsiyamni bir ko‘rib berasizmi, harholda ertaga himoya belgilangan”. Ustoz: “Hozir vaqtim yo‘q, himoya kuni uchrashamiz”, dedi. Shogird bir amallab himoyadan o‘tib oldi. Himoya kuni ustoz uni rosa maqtadi. Yillar o‘tdi. Shogird ham ustozga aylandi. Shanba kuni do‘stlari bilan endi choyxonaga otlanayotganida uning birinchi shogirdi eshikdan mo‘ralab, so‘radi: “Ustoz, menga ilmiy ish berasizmi, men ham sizga o‘xshagan olim bo‘lmoqchiman”. Ustoz dedi: “Vaqtim yo‘q, keyinroq gaplashamiz...”.


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
             © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив