Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Ginekologik operatsiyalardan so‘ng kuzatiladigan psixoemotsional buzilishlar

Ginekologik operatsiyalardan so‘ng kuzatiladigan psixoemotsional buzilishlar


Turli xil ginekologik kasalliklarda davolash operatsiya yo‘li orqali amalga oshiriladi. Bachadonni olib tashlash, gisterektomiya, kuchli qon ketishlarni to‘xtatish, tug‘ish paytida kuzatiladigan xavfli vaziyatlarda o‘tkaziladigan operatsiyalar turli xil ruhiy zarbalar sababchisidir. Masalan, bachadon olib tashlanishi yosh ayollar uchun stress manbai hisoblanadi. Ayniqsa, farzandsiz ayol yoki yana farzand ko‘rishni xohlagan ayolda bachadonning olib tashlanishi og‘ir ruhiy asoratlar qoldiradi. 

Bachadonga ega bo‘lish va regulyar tarzda hayz ko‘rish aksariyat ayollar uchun ayollik ramzidir. Bachadon olib tashlanishi deyarli barcha ayollar uchun endi  yoshlikning orqada qolgani, hayot ma’nosiz bo‘lib qolganini anglatadi. Bunday operatsiyadan keyin ayol bir necha oylab odatiy hayot tarziga qayta olmaydi, depressiya va apatiyaga tushadi, o‘zini xuddi yaqin bir kishisidan judo bo‘lgandek his qiladi. Bunday ayollarning somatik shikoyatlari ham ko‘payadi, qornida har xil og‘riqlar, oyoq-qo‘llarida uvishishlar paydo bo‘ladi, bel og‘riqlari, tez-tez siyish, umumiy holsizlik, charchab qolish, o‘z-o‘zidan yig‘i kelish kabi belgilar kuzatiladi. 

Tibbiy psixolog psixoterapevtik muolajalarni erta boshlasa, ayoldagi mavjud psixoemotsional buzilishlar vaqtli orqaga chekinadi va u normal hayotga qaytadi. Mutaxassislar fikricha, bachadoni olib tashlangan ayollarning odatiy hayotga qaytishi 2 yilga qadar cho‘zilishi mumkin. Bu holat, ayniqsa, depressiyadan aziyat chekib yurgan yoki melanxolik ayollarda kuzatiladi. Albatta, tibbiy psixologning aralashuvi bu davrni bir necha oyga qisqartiradi. Ba’zan ginekologik operatsiyadan so‘ng turli darajada ifodalangan vegetativ-endokrin buzilishlar kuzatiladi va ular dori vositalari bilan faol davolashni talab qiladi.  

Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b. 
            © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
            ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив