GERSTMAN SINDROMI
Gerstman sindromining asosiy simptomlari – bular barmoqlar agnoziyasi, chap-o‘ng tomonni chalkashtirish, akalkuliya va agrafiya. Ushbu sindrom gyrus angularis, gyrus supramarginalis va uning atrofi zararlanganda kuzatiladi. Barmoqlar agnoziyasi qarama-qarshi tomonda kuzatiladi va, asosan, o‘ng yarim sharning pastki parietal pushtasi zararlanishi uchun xos. Chap yarim sharning pastki parietal pushtasi zararlanganda harflar va raqamlar agnoziyasi kuzatiladi. Bemor o‘z tanasiga chizilgan harflar va raqamlarni tanimaydi (tabiyki, o‘ng tomoniga). Bu holatni taktil aleksiya deb ham atashadi. 40-maydon zararlanganda afferent motor afaziya va kinestetik apraksiya ham kuzatiladi. TRO sohasi (37-, 39-40-maydonlar) zararlanganda semantik va amnestik afaziya rivojlanadi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
©Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiyasi. Darslik., T.; 2021., 312b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha