Gipersomniya
Gipersomniya, ya’ni ortiqcha uyquchanlik juda ko‘p nevrologik, ruhiy va somatik kasalliklar sababli rivojlanadi. Po‘stlog‘osti entsefalitlari (Ekonomo letargik entsefaliti), surunkali IKG, III qorincha va gipotalamus sohasi o‘smalari, vertebrobazilyar etishmovchilik, endokrin buzilishlar (gipotireoz), nerv sistemasi intoksikatsiyalari, toksik va metabolik entsefalopatiyalar gipersomniyaga sabab bo‘ladi. Shuningdek, turli dorilarni qabul qilish ham uyquchanlik holatini yuzaga keltiradi. Masalan, antikonvulsantlar, antidepressantlar (ayniqsa, amitriptilin), antigistamin dorilar (ayniqsa, pipolfen), neyroleptiklar (ayniqsa, tizertsin, aminazin) ichib yuradiganlarda kunduz kunlari ham uyqu bosaveradi. Demak, insomniyaga qaraganda gipersomniya holati ko‘p uchraydi va uning sabablari ko‘p. Ba’zi odamlar qattiq stress yoki qo‘rquvdan keyin bir necha kunlab uyquga ketadi. Shizofreniyaning ba’zi turlarida ham uyquchanlik ko‘p kuzatiladi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha