Gipertim shaxs


Bu toifaga kiruvchi odamlar harakatchanligi, so‘zamolligi, mimikalarga boy xatti-harakatlari, dilkashligi bilan ajralib turishadi. Ular har qanday odamlar bilan tezda muloqotga kirib keta oladi, ulfatchilikni xush ko‘rishadi, shum va sho‘x bo‘lishadi. Suhbat chog‘ida dastlabki mavzudan tezda chetga chiqib ketishi mumkin, buni o‘zi ham sezmay qoladi. O‘z tengdoshlari orasida e’tiborda bo‘lishni, iloji bo‘lsa, ularga yo‘lboshchi bo‘lishni va shovqin-suronli hayotni xush qo‘rishadi. Deyarli doimo yaxshi kayfiyatda bo‘lishadi, o‘zlarini yaxshi his qilishadi, yuqori hayotiy quvvatga  va ishtahaga ega bo‘lishadi, yuz-ko‘zi kulib turadi, hayotdan quvonib yashashadi. Ular o‘ziga yuqori baho berishadi, chaqqon va engiltak bo‘lishadi, quvnoq hayotni yoqtirishadi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi, ishlarni zudlik bilan bajarib tashlashadi. Ular juda ajoyib suhbatdosh bo‘lib, atrofdagilarni ko‘nglini chog‘ qilib o‘tirishni xush qo‘rishadi, qo‘ngilochar ishlarga yo‘lboshchilik qilishadi, kerak bo‘lsa, turli xursandchiliklarni o‘ylab topishadi va boshqalarni bunga jalb qilishadi. Bu ishlarga keragidan ortiqcha berilish janjalli vaziyatlarning kelib chiqishiga turtki bo‘ladi. Agar ular qilayotgan ishlariga ochiq to‘sqinlikni sezishsa yoki bu ishlarni amalga oshirayotganda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, asabiylashib ketishadi, g‘azabi qo‘zg‘aydi. Ba’zan o‘z majburiyatlariga yuzaki qarashadi, qattiq tartib-intizomga ularning toqati yo‘q. Hayot tarzida bir xillikni  va yolg‘izlikni yoqtirishmaydi, ba’zan axloqsiz ishlarga qo‘l urib qo‘yishadi.

Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Asab va ruhiyat. Toshkent., 2019., 312 b
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
              ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив