Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi G‘ALATI TUSh YoKI TO‘DABOZLIK

G‘ALATI TUSh YoKI TO‘DABOZLIK


G‘alati tush ko‘ribman. Tushimda g‘oyibdan sado kelibdi: “Sen “Mahalliychilik va unga qarshi kurashish” degan mavzuda ilmiy ish boshla”. Men: “Axir men doktor bo‘lsam, tibbiyotda o‘rganish zarur bo‘lgan kasalliklar to‘lib yotibdi, mahalliychilik bilan boshqa soha mutaxassislari shug‘ullanishi kerak emasmi”, debman. Shunda yana sado kelibdi: “Doktor bo‘lganing uchun ham senga murojaat qilayapman. Mahalliychilik ham odamlarga yopishgan og‘ir bir dard! Undan odamlarni faqat shifokorlar xalos qila oladi. Hech bo‘lmasa, olimlar orasidagi mahalliychilikni yo‘qot. Olimlar orasidagi mahalliychilik dunyoni kemiradi, unga boshqalarning kuchi etmayapti” debdi. “Eh, qaniydi men uni enga olsam” deb bezovtalanib, uyg‘onib ketdim. Soatga qarasam yarim tun. Bu g‘alati tushdan o‘yga botib, uxlay olmay yotdim. 

Chalg‘ish uchun televizorni qo‘ydim. Qarasam eramizdan million yil ilgarigi davr haqida film ketayapti. Unda qo‘llarida qalamga o‘xshash nayza ushlagan bir to‘da yalang‘och odamlar faqat “Hu-uv, hu-uv” deb baqirishayapti. Ular ushbu tovushdan boshqa birorta so‘z yoki iborani ayta olmayapti. Bir payt toshlar orasidan to‘dadagilardan bir oz farq qiladigan odam chiqib qoldi. To‘dadagilar bir o‘zlariga, bir unga qarashdi. Bu odam o‘ziga o‘xshaganlarni ko‘rganidan xursand bo‘lib, to‘da tomon yura boshladi. Biroq to‘dadagilar “Hu-uv, hu-uv” deb uni quvlay ketishdi. Haligi odam begonaligini sezib, zo‘rg‘a qochib qutuldi.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
                 © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив