Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi G‘ALTAK NERV NEVROPATIYaSI

G‘ALTAK NERV NEVROPATIYaSI


G‘altak nerv fissura orbitalis superior orqali ko‘z kosasiga kirib, ko‘zni pastga va biroz tashqariga buruvchi muskulni (m. obliquus superior) innervatsiya qiladi. G‘altak nerv zararlanganda engil qo‘shiluvchi g‘ilaylik kuzatiladi, ya’ni ko‘z biroz tepaga va ichkariga qarab qoladi. Bemor pastga qaraganda diplopiya kuzatiladi, ya’ni oyoq ostiga qarab zinapoyadan tushayotganda oyoqlari to‘rtta bo‘lib ko‘rinadi. G‘altak nervning alohida zararlanishi juda kam uchraydi.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив