Qadoqsimon tana o‘smasi
Qadoqsimon tana – bosh miyaning chap va o‘ng yarim sharlarini bir-biri bilan bog‘lab turuvchi komissural yo‘llardan iborat tuzilma. Uning oldingi qismi ikkala peshona bo‘lagini, o‘rta qismi tepa, orqa qismi chakka va ensa bo‘laklarini biri-biri bilan bog‘laydi. Qadoqsimon tananing oldingi qismi o‘smasida “peshona psixikasi”ni eslatuvchi psixomotor buzilishlar kuzatiladi. Qadoqsimon tananing orqa qismidan o‘suvchi o‘smada optik-fazoviy agnoziya rivojlanadi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha