Qotma shaxs
Muloqotga hadeb kirishib ketmaydigan, kamgap, takabbur odam. Kam gapirsa-da, nasihat qilishni xush ko‘radi. Unga nisbatan aslida mavjud bo‘lmagan adolatsizlikdan aziyat chekib yuradi. Shu sababli ularning xatti-harakatida odamlarga nisbatan ishonchsizlik va ehtiyotkorlik ustun turadi. Gina va xafagarchilikka beriluvchan, tez ranjiydigan, voqea va hodisalarga shubha bilan qaraydigan shaxs. U bilan yuz bergan voqealardan uzoq vaqt siqilib yuradi, xafagarchilikdan oson chiqa olmaydi, qasoskor bo‘ladi. Bunday odamlar janjal va kelishmovchiliklarni yuzaga kelishida tashabbuskor ham bo‘ladilar. Izzattalab, o‘ziga qattiq ishonadigan va o‘z bilganidan qolmaydigan sobitqadam bu shaxslar biror bir ishni qat’iyatlilik bilan boshlab oxiriga etkazishadi ham. Ular o‘ta ishchan bo‘lib, har qanday sharoitda ham yuqori qo‘rsatkichlarga erishishga intilishadi, boshlagan ishini birov bilan baham qo‘rmay, yolg‘iz o‘zi bajarishni xush qo‘rishadi. Qaysar, o‘jar va tez-tez affekt holatlariga tushib turadigan bu shaxslarning xulq-atvorida haqiqatgo‘ylik, ranjish, tez xafa bo‘lish, gumonsirash, rashk kabi turli salbiy va ijobiy xislatlar birgalikda namoyon bo‘ladi. Ular affekt holatiga tushishsa ham, buni darrov yuzaga chiqaraverishmaydi, ichida saqlab qo‘yishadi va bu borada ularning fikrini tez bilib olish qiyin.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha