Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi QUTURIShGA QARShI QILINGAN EMLAShDAN SO‘NG RIVOJLANGAN ENTsEFALIT VA ENTsEFALOMIELIT

QUTURIShGA QARShI QILINGAN EMLAShDAN SO‘NG RIVOJLANGAN ENTsEFALIT VA ENTsEFALOMIELIT


Etiologiyasi. Quturishga qarshi emlashdan so‘ng MNS zararlanishi belgilari emlash davrida yoki tugagandan keyin rivojlanadi. Entsefalit yoki entsefalomielit belgilari birinchi emlashdan 2 hafta o‘tgach paydo bo‘ladi.
      
Klinikasi. Suvchechakka qaraganda quturishga qarshi emlashlardan so‘ng MNS zararlanishi kam uchraydi. Kasallik klinikasi entsefalit, entsefalomielit, mielit va poliradikulonevropatiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ushbu kasalliklarning har qanday klinik turida ham og‘ir sopor va koma deyarli kuzatilmaydi. Meningeal simptomlar bo‘lmaydi yoki engil ifodalangan bo‘ladi. Boshqa entsefalitlardagi kabi o‘tkir infektsion davri ham yo‘q. Kasallik klinikasi xuddi nimo‘tkir tarqoq entsefalomielitga o‘xshab kechadi. Demak, ko‘pincha MNS ning oq moddasi zararlanadi, ya’ni demielinizatsiya ro‘y beradi. Qo‘l va oyoqlarda spastik falajliklar yuzaga keladi, ya’ni pay reflekslari giperrefleksiyasi, mushaklarda spastik gipertonus va patologik reflekslar paydo bo‘ladi. Agar patologik jarayon orqa miyaga o‘tsa, mielitik simptomlar yuzaga keladi va tos a’zolari funktsiyalari buziladi.
      
Kechishi va prognoz. Kasallik nimo‘tkir va surunkali tarzda kechadi, ya’ni bir necha oy davom etadi. Ushbu muddat o‘tgach, nevrologik funktsiyalar qayta tiklana boshlaydi.
     
Davolash. Kortikosteroidlar, antibiotiklar va simptomatik davolash muolajalari o‘tkaziladi.
     
Prognoz. Bemorlarning deyarli yarmidan ko‘pi to‘la tuzalib ketadi. Turli nevrologik defektlar bilan tuzalish deyarli 20% ga teng. O‘lim holatlari 17–20% ni tashkil qiladi

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив