Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi O‘TKIR GEMORRAGIK LEYKOENTsEFALIT

O‘TKIR GEMORRAGIK LEYKOENTsEFALIT


O‘tkir gemorragik leykoentsefalit – o‘tkir tarqoq entsefalomielitning og‘ir klinik turi. Bosh miya katta yarim sharlari va miya ustuni oq moddasining diffuz zararlanishi bilan kechadi. Demielinizatsiya kuzatilgan barcha joylarda perdiapedik qon quyilishlar, perivaskulyar shish, kapillyarlar destruktsiyasi va ishemik o‘choqlar aniqlanadi. Kasallik o‘tkazilgan virusli infektsiyadan keyin o‘tkir rivojlanadi. Klinik simptomlar 3–4 kun ichida shakllanadi, ya’ni meningeal simptomlar, epileptik xurujlar, zo‘rayib boruvchi og‘ir falajliklar (gemiparez, tetraparez) va psevdobulbar buzilishlar paydo bo‘ladi. Miya shishi zo‘rayib boradi, meningeal simptomlar kuchayadi va bemor hushini yo‘qotib, komaga tushadi. Likvor kuchli bosim bilan chiqadi, unda ksantoxromiya va leykotsitar pleotsitoz aniqlanadi. Ko‘z tubida ko‘ruv nervining dimlanishi va atrofiyasi kuzatiladi. MRT da turli hajmdagi sklerotik va ishemik o‘choqlar aniqlanadi. Kasallik zo‘rayib boradi va ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив