TsEREBROVASKULYaR KASALLIKLAR TASNIFI
Tserebrovaskulyar kasalliklarning klinik tasniflari ko‘p. Ularning aksariyati 1989-yili Jenevada qabul qilingan kasalliklarning 10-marta qayta ko‘rib chiqilgan Xalqaro tasnifiga (KXT-10) asoslanib tuzilgan. KXT-10 da «Tserebrovaskulyar kasalliklar» I60-I67 ruknlarda keltirilgan bo‘lib, ular asosiy kasalliklar sifatida berilgan. Ularga, ya’ni bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishlariga G45 ruknda keltirilgan «O‘tib ketuvchi tranzitor ishemik atakalar» ham kiradi. Turli kasalliklar asorati sifatida rivojlangan tserebrovaskulyar buzilishlar boshqa ruknlarda keltirilgan.
KXT-10 bo‘yicha bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishlari tasnifini keltirib o‘tamiz (1-jadval).
1-jadval
Bosh miyada kon aylanishining o‘tkir buzilishlari tasnifi (KXT-10 bo‘yicha)
Nomlanishi | Kodi |
Tranzitor ishemik atakalar | G45 |
Vertebrobazilyar arteriyalar havzasida | G45.0 |
Uyqu arteriyasi havzasida | G45. 1 |
Bir nechta tserebral arteriyalarda | G45.2 |
Insult | |
Notravmatik subaraxnoidal qon quyilishlar | I60 |
Karotid sinusdan | I60.0 |
Miyaning o‘rta arteriyasidan | I60. 1 |
Oldingi biriktiruvchi arteriyadan | I60.2 |
Orqa biriktiruvchi arteriyadan | I60.3 |
Bazilyar arteriyadan | I60.4 |
Umurtqa arteriyasidan | I60.5 |
Boshqa arteriyalardan | I60.6 |
Miyaga qon quyilishi | I61 |
Bosh miyaning subkortikal sohasiga | I61.0 |
Bosh miyaning kortikal sohasiga | I61. 1 |
Miya ustuniga | I61.3 |
Miyachaga | I61.4 |
Miya qorinchalariga | I61.5 |
Bosh miyaning bir qancha sohasiga | I61.6 |
Boshqa va noaniq intrakranial qon quyilishlar | I62 |
Ishemik insult | I63 |
Pretserebral arteriyalar trombozida | I63.0 |
Pretserebral arteriyalar emboliyasida | I63. 1 |
Tserebral arteriyalar trombozida | I63.3 |
Tserebral arteriyalar emboliyasida | I63.4 |
Noaniq sabablar tufayli rivojlangan infarkt | I63.9 |
Bosh miyada qon aylanishining aniqlanmagan o‘tkir buzilishlari | I64 |
Utkir gipertonik (gipertenziv) entsefalopatiya | I67.4 |
Insult asoratlari | I69 |
Subaraxnoidal qon quyilish asorati | I69.0 |
Parenximatoz qon quyilish asorati | I69. 1 |
Ishemik insult (miya infarkti) asorati | I69.3 |
Noaniq insult asorati | I69.8 |
Izoh: tasnif qisqartirib keltirilgan. |
KXT-10 statistik tahlil uchun moslab tuzilgan bo‘lib, kasalliklarning klinikasini o‘zida to‘la aks ettirmaydi. Shu bois klinik tashxis qo‘yishda klinik tasniflardan foydalanish talab etiladi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
©Z. Ibodullayev. Insult va koma, Toshkent, 2013., 193 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha