Tsiklotimik shaxs


Tsiklotimiya – yuqori kayfiyat (gipertimiya) va past kayfiyat (gipotimiya) holatlarining bir-biri bilan almashinib turishi bilan kechuvchi holat. Bunday shaxslarning kayfiyati tez-tez o‘zgarib turadi va ular tashqi ta’sirotlarga juda bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan hech qanday sababsiz kayfiyati buzilishi mumkin, kayfiyatni  ko‘taruvchi voqealar  ro‘y bersa, ularning faolligi oshib, juda ishchan bo‘lib qolishadi, tashlab qo‘ygan ishlarini zavqlanib qayta boshlab yuborishadi, o‘zlaridagi bu faollikdan ko‘tarinki kayfiyatda yurishadi, so‘zamol bo‘lib qolishadi, miyaga zo‘r g‘oyalar kela boshlaydi. Bunday holat gipertimiya deb ataladi.     Agar to‘satdan g‘amgin voqealar yuz bersa, barcha qilayotgan ishlarini to‘xtatib qo‘yadi, kayfiyati buziladi, fikri karaxt va kamgap bo‘lib qoladi, ishtahasi yo‘qoladi, janjal ko‘taradi, g‘azablanib yuradi. Bu holat distimiya deb ataladi.      Shuning uchun ham ularga jiddiy ishlarni topshirib bo‘lmaydi. Tsiklotimiya maniakal-depressiv psixozlarda ko‘p kuzatiladi. Distimiyani depressiyadan ajrat
ish ba’zan qiyin kechadi, shuning uchun ularni uzoq vaqt kuzatuvga olish zarur. 


Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
              ©asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив