TsIKLOTIMIYa


F34.0 Tsiklotimiya. Grekchadan ciclo – aylana, timos – kayfiyat degani.     Tsiklotimiya – kayfiyatning to‘lqinsimon o‘zgarib turishi bo‘lib, u gohida pasayadi (gipotimiya), gohida ko‘tariladi (gipertimiya). Tsiklotimiya og‘ir kechmaydi va uzoq davom etmaydi. Shunisi bilan bipolyar affektiv buzilishlar (F31) va rekurrent depressiv buzilishlardan (F33) farq qiladi. KXT-11 da “tsiklotimiya” o‘rniga “tsiklotimik buzilishlar” terminini qo‘llash taklif qilinmoqda. Tsiklotimiya ko‘pincha bipolyar affektiv buzilishlar bilan kasallanganlarning yaqin qarindoshlarida kuzatiladi. Tsiklotimiya keyinchalik bipolyar affektiv buzilishlarga o‘tishi mumkin. Bu termindan shaxs tiplarini ifodalashda ham foydalaniladi. Masalan, tsikloid tip – jiddiy sababsiz kayfiyati goh buzilib, gohida ko‘tarilib turuvchi shaxs.

Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
              ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив