TsUNG SO‘ROVNOMASI (depressiyani baholash uchun)
Ism-sharifi___________________________ Tekshiruv sanasi______
Ko‘rsatma: Quyida keltirilgan har bir jumlani diqqat bilan o‘qing va aynan hozirgi paytda o‘zingizni qanday his qilayotgan bo‘lsangiz, shunga mos javoblarni belgilang. Savollar ustida uzoq o‘ylanmang va xayolingizga kelgan birinchi javobni “+” bilan belgilang.
| # | Savollar, vaziyatlar | Hech qachon | Ba’zan | Tez-tez | Deyarli har doim |
| 1. | Men tushkunlikni his qilyapman | ||||
| 2. | Ertalab men o‘zimni juda yaxshi his qilaman | ||||
| 3. | Men yig‘lab turaman | ||||
| 4. | Men tunda yomon uxlayman | ||||
| 5. | Ishtaham yomon emas, ya’ni odatiy | ||||
| 6. | Menga yoqqan odamlar bilan suhbatlashgim, ularning yonida bo‘lgim keladi | ||||
| 7. | Men vaznimni yo‘qotayotganimni sezyapman | ||||
| 8. | Meni qabziyat bezovta qiladi | ||||
| 9. | Yuragim odatdagidan tezroq uradi | ||||
| 10. | Men hech qanday sababsiz charchayman | ||||
| 11. | Fikrlarim har doimgidek aniq va ravshan | ||||
| 12. | Qo‘limdan keladigan ishlarni osonlikcha bajaraman | ||||
| 13. | Bezovtalikni his qilyapman va bir joyda o‘tira olmayapman | ||||
| 14. | Menda kelajakka ishonch bor | ||||
| 15. | Jahlim odatdagidan tezroq chiqyapti | ||||
| 16. | Bir qarorga kelishim juda oson | ||||
| 17. | Men foydali va zarur ekanligimni his qilaman | ||||
| 18. | Men to‘laqonli hayot kechiryapman | ||||
| 19. | Men o‘lsam boshqalarga yaxshi bo‘lishini his qilyapman | ||||
| 20. | Meni avvallari xursand qiladigan narsalar hozir ham xursand qiladi |
Tekshiruv natijalari bo‘yicha xulosa chiqarish uchun ushbu kalitdan foydalaniladi. Unda javob variantlari va qo‘yiladigan ballar gradatsiyasi keltirilgan. Ushbu kalit psixologning qo‘lida bo‘ladi.
Sung so‘rovnomasi kaliti
# | Javob variantlari va qo‘yiladigan ballar gradatsiyasi | |||
| Hech qachon | Ba’zan | Tez-tez | Deyarli har doim | |
1 | 1 | 2 | 3 | 4 |
| 2 | 4 | 3 | 2 | 1 |
| 3 | 1 | 2 | 3 | 4 |
| 4 | 1 | 2 | 3 | 4 |
| 5 | 4 | 3 | 2 | 1 |
| 6 | 4 | 3 | 2 | 1 |
| 7 | 1 | 2 | 3 | 4 |
| 8 | 1 | 2 | 3 | 4 |
| 9 | 1 | 2 | 3 | 4 |
| 10 | 1 | 2 | 3 | 4 |
11 | 4 | 3 | 2 | 1 |
| 12 | 4 | 3 | 2 | 1 |
| 13 | 1 | 2 | 3 | 4 |
| 14 | 4 | 3 | 2 | 1 |
| 15 | 1 | 2 | 3 | 4 |
| 16 | 4 | 3 | 2 | 1 |
| 17 | 4 | 3 | 2 | 1 |
| 18 | 4 | 3 | 2 | 1 |
| 19 | 1 | 2 | 3 | 4 |
| 20 | 4 | 3 | 2 | 1 |
Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisoblash
To‘g‘ri savollar: 1, 3, 4, 7, 8, 9, 10, 13, 15, 19
Teskari savollar: 2, 5, 6, 11, 12, 14, 16, 17, 18, 20
Depressiya darajasi (DD) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
DD = ∑to‘g‘ + ∑tes
Bu erda ∑to‘g‘. – belgilangan “to‘g‘ri” savollar yig‘indisi;
∑tes.– belgilangan “teskari” savollar yig‘indisi.
Ballar yig‘indisi:
Depressiya yo‘q – 25-49
Engil depressiya – 50–59
O‘rta darajali depressiya – 60–69
Og‘ir depressiya – 70 va undan yuqori.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc
Обуна бўлиш
Ва биринчи бўлиб билинг!
Ва биринчи бўлиб билинг!
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha