Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Tserebral tipdagi falajliklar

Tserebral tipdagi falajliklar


Oldingi markaziy pushta to‘la zararlansa, qarama-qarshi tomonda markaziy gemiparez yoki gemiplegiya, qisman zararlansa, markaziy monoparez yoki monoplegiya rivojlanadi. Ushbu pushtaning oyoq proektsion sohasi zararlansa, monoparez oyoqda, qo‘l proektsion sohasi zararlansa, monoparez qo‘lda rivojlanadi. Qarama-qarshi tomonda VII va XII nervlarning markaziy falajligi ham kuzatiladi. Shuningdek, XI nerv spinal yadrosining markaziy innervatsiyasi buzilishi hisobiga, qarama-qarshi tomonda elka pastga tushib qoladi. 
  1. Oldingi markaziy pushta qo‘zg‘atilsa, u holda qarama-qarshi tomonda motor tipdagi fokal xurujlar ro‘y beradi. Bunga Jekson motor xurujlari deyiladi. Fokal xurujlar yuz muskullaridan boshlansa, demak patologik o‘choq oldingi markaziy pushtaning pastki qismida, oyoqdan boshlansa – pushtaning ustki qismida joylashgan.
  2. Ichki kapsula zararlanishida qarama-qarshi tomonda markaziy gemiparez yoki gemiplegiya rivojlanadi. Ichki kapsulada piramidal yo‘llar zich joylashib o‘tgani bois – tekis gemiparez, oldingi markaziy pushtada yoyilib joylashgani uchun – notekis gemiparez (qo‘lda kuchliroq, oyoqda engilroq parez) kuzatiladi. Ichki kapsula zararlanishida keyinchalik Vernike-Mann holati shakllanadi. 
  3. Miya ustuni zararlanishida alternirlashgan tipdagi gemiparezlar rivojlanadi: o‘choq tomonda kranial nervlarning periferik falajligi, qarama-qarshi tomonda markaziy gemiparez.


Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.  
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    
             © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив