EBBINGAUZ USULI


           Maqsad: Ebbingauz usuli, yani 10 ta so‘zni eslab qolish usuli xotirani tekshirish maqsadida keng qo‘llaniladi. Eslab qolish darajasini tekshirish. Bu usul qisqa muddatli xotirani tekshirish uchun mo‘ljallangan.
           Zarur anjomlar: Buning uchun ma’no jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lmagan 10 ta so‘z yozilgan jadval kerak bo‘ladi. Masalan, uy, olma, qalam, osmon, temir, ot, gul, qog‘oz, daryo, rom (2-jadval). Bu jadval psixologning qo‘lida bo‘lib, u bemorga tekshirish maqsadi va qoidalarini tushuntiradi. 
           Ko‘rsatma: “Hozir 10 ta so‘zni o‘qiyman. Siz meni diqqat bilan eshitib, o‘sha so‘zlarni eslab qolishingiz kerak. O‘qishni tugatgach, siz ularni xohlagan ketma-ketlikda aytib berasiz”. 
       Albatta, birinchi urinishda 10 ta so‘zning barchasini eslab qolish qiyin. Shu bois bemorga yana quyidagi ko‘rsatma beriladi: “Hozir o‘sha 10 ta so‘zni qaytadan o‘qib chiqaman. Siz esa ularning barchasini yana eslab qolib, menga aytib berishingiz kerak. Bir boshdan aytish shart emas”. Bemor barcha so‘zlarni to‘g‘ri aytib bo‘lmaguncha, tekshirish davom ettirilaveradi.
       Natijalarni aks ettirib borish: Har bir urinish natijasi sinov blankida aks ettirib boriladi. Bemor qaysi so‘zni aytgan bo‘lsa, o‘sha so‘zning tagiga “+” belgisi qo‘yib boriladi. Masalan, 1-urinishda 5 ta so‘zni eslab aytib berdi, 2-urinishda 7 ta so‘zni eslab aytib berdi va h.k. Agar bemor boshqa so‘zni aytib yuborsa, ushbu so‘z chetga yozib qo‘yiladi. Oradan 30 daqiqa o‘tgach, bemorni ogohlantirmasdan o‘sha yodlab qolgan 10 ta so‘zni qayta esga tushirib aytib berish so‘raladi. 

Sinov blanki
Ism sharifi________________________ yoshi_______ sana________
#

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Ortiqcha aytgan so‘zi

uy
olma
kalam
osmon
temir
ot
gul
qog‘oz    
daryo
rom

1











2











3











4











5











6











7











30 daq. so‘ng    












                                        

Eslab qolish darajalari, ball:
    1.    Eslab qolish juda yuqori – 4 ball (2-3 urinishdan so‘ng 10 so‘zni to‘la eslab takrorladi);
    2.    Eslab qolishi yaxshi – 3 ball (5-6 urinishdan so‘ng 10 so‘zni to‘la eslab takrorladi);
    3.    Eslab qolishi sust – 2 ball (7-8 urinishdan keyin 10 ta so‘zni to‘la eslab takrorladi);
    4.    Eslab qolish o‘ta sust – 1 ball (9-10 urinishdan keyin ham eslab qola olmayapti, bir joyda qotib qolyapti).
       Natijalar ushbu grafikda aks ettirib boriladi:
 pastedGraphic.png      
Eslab qolishni belgilab borish grafigi. Abtsiss o‘qi bo‘yicha – qayta esga tushirilgan so‘zlar; Ordinata o‘qi bo‘yicha – bemorga taqdim etilgan urinishlarning tartib raqami. 
       Xulosa chiqarish. Olingan natijalari bo‘yicha grafik tuziladi va unda ma’lumotlar aks ettirib boriladi. Sog‘lom odamda 10 ta so‘z har gal aytib berilganda shuncha ko‘p so‘zlarni yodlab qolaveradi, xotirasi past odam esa so‘zlarni qayta aytib bera olmay, ularni unutaveradi. Ba’zilarning xotirasi 4-5 urinishdan keyin bor-yo‘g‘i 5-6 ta so‘zni takroran aytib, to‘xtab qoladi. Bunday holat diqqat charchashi va eslab qolish sustligidan dalolat beradi. Ortiqcha so‘zlarni aytib yuborish, avval aytgan so‘zlarini unutib qoldiraverish nafaqat diqqat tarqoqligi va eslab qolish sustligi, balki hissiy to‘mtoqlik va fikrlar karaxtligi alomati hamdir. Yodlab qolingan so‘zlarni 30 yoki 60 daqiqadan so‘ng bemordan yana aytib berish so‘ralishi mumkin. Agar avval eslab qolingan barcha so‘zlar qayta yodga tushirilsa, demak uning uzoq muddatli xotirasi ham yaxshi. Biroq xotira turlari ko‘p bo‘lganligi bois, bitta tekshiruv asosida insonda xotira kuchli yoki sustligi haqida xulosa chiqarish mumkin emas.

Manba:  ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
              © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
              ©asab.cc




Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив