EYLENBURG PARAMIOTONIYaSI
Eylenburg paramiotoniyasi – faqat sovuq ta’sirida paydo bo‘ladigan miotoniya. Boshqa paytlari miotonik reaktsiyalar kuzatilmaydi. Demak, bu kasallik haqiqiy miotoniyalar guruhiga kirmaydi. Shu bois, paramiotoniya deb nomlangan. Kasallik 10 yoshgacha bo‘lgan davrda boshlanadi. Odatda, yillar o‘tishi bilan miotoniya belgilari yo‘q bo‘lib ketadi. Genetik defekt 17-xromosomada (17q23–25) joylashgan. Autosom-dominant tipda naslga uzatiladi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha