Emotsional shaxs
Bu toifaga kiruvchilarning xulq-atvoridagi hislatlar bir qaraganda hushchaqchaq toifaga kiruvchilarga o‘xshab ketadi. Biroq emotsional shaxslar o‘zlarining his-tuyg‘ularini yaqqol namoyon qilishavermaydi, ya’ni ular biroz niqoblangan holatda bo‘ladi. Ular uchun hissiyotga beriluvchanlik, ta’sirchanlik, vahima, qo‘rqoqlik, xavotir va ko‘p so‘zlash xosdir. Ularning xulq-atvorida yaqqol namoyon bo‘luvchi xislatlar – insonparvarlik, odamlar va hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatlilik, mehribonlikdir. Ular boshqa birovlarning muvaffaqiyatidan quvonishadi, tashqi ta’sirotlarga tez berilishadi, hayotda ro‘y berayotgan voqea va holisalar ularga tez ta’sir qiladi, yig‘lab ham olishadi. Kinofilmlardagi zo‘ravonliklar ularni qattiq larzaga soladi. Bu filmlardan so‘ng kayfiyati uzoq vaqt buzilib yuradi, yomon tushlar ko‘ra boshlaydi. Janjalli voqealarga kam qo‘shiladi. Xafa bo‘lsa, ichiga yutadi. Ularda burchga bo‘lgan sadoqat kuchli ifodalangan bo‘ladi, topshiriqlarni bajarishda doimo ilg‘or bo‘lishadi. Ular tabiatni yaxshi ko‘rishadi, o‘simliklar o‘stirishni, hayvonlarni boqishni xush ko‘rishadi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha