Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi ERTA BOLALIK DAVRINING XAVFSIZ KEChUVChI MIOKLONIK EPILEPSIYaSI

ERTA BOLALIK DAVRINING XAVFSIZ KEChUVChI MIOKLONIK EPILEPSIYaSI


Etiologiyasi. Etiologiyasi noma’lum. Kam uchraydi. Asosan, o‘g‘il bolalar kasallanishadi. Kasallik 1-2 yoshgacha bo‘lgan davrda boshlanadi. Ba’zi bemorlar oilasida epilepsiya bilan kasallanganlar bo‘ladi.
Klinikasi. Asosan, tarqalgan mioklonik xurujlar bilan kechadi. Nevrologik va psixik (psixomotor) buzilishlar kuzatilmaydi.
Tashxis va qiyosiy tashxis. Tashxis qo‘yishda kasallikning boshlangan davri, xurujlar xususiyati va EEG ko‘rsatkichlariga asosiy e’tibor qaratiladi. EEG da bilateral-sinxron tipdagi o‘tkir to‘lqinlar, piklar, o‘tkir va sekin to‘lqinlar kompleksi aniqlanadi. Qiyosiy tashxis uyqu paytida kuzatiladigan fiziologik miokloniyalar bilan o‘tkaziladi. Miokloniyalar turli metabolik buzilishlar (fenilketonuriya), tserebral ishemiya (insult) va infektsiyalarda (entsefalit) kuzatiladi. Ba’zida ushbu kasallikni Uest sindromi bilan farqlashga to‘g‘ri keladi. Epileptik miokloniyalarni EEG va MRT tekshiruvlari yordamida aniqlab olish mumkin.
Davosi va prognozi. Asosan, valproatlar qo‘llaniladi. Odatda, to‘la tuzalish kuzatiladi. Biroq epileptik xurujlar keyinchalik qayta qo‘zg‘alishi mumkin. Prognoz yaxshi.

Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Qo`llanma., Toshkent, 2018., 128 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi 
              ©asab.cc




Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив