Defans musculorum
Kuchli og‘riq xurujlari paytida bel-dumg‘aza sohasining bir tomondagi muskullarida spastik qisqarishlar yuzaga keladi. Bu esa umurtqa pog‘onasini bir tomonga, ya’ni og‘rigan tomonga bukib qo‘yadi. Natijada reflektor skolioz rivojlanadi. Bel lordozi esa silliqlashadi. Bu holat antalgik holat deb ataladi. Chunki bemor gavdasini to‘g‘rilamoqchi bo‘lsa, og‘riq kuchayadi. Shu sababli bemor bir tomonga, ya’ni sog‘lom tomonga qiyshayib yuradi. Bel sohasidagi paravertebral muskullar paypaslab tekshirilganda og‘riq kuzatilgan tomondagi muskullar qotishgan bo‘ladi va bo‘rtib turadi. Bunga «defans musculorum» deyiladi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha