Dermografizm
Tashqi ta’sirotlarga javoban teri rangi o‘zgarishiga dermografizm deyiladi. Mahalliy dermografizm terini o‘tmas narsa bilan chizib chaqiriladi. Bir necha soniyadan so‘ng chizilgan joyda oqimtir yoki qizil dog‘ paydo bo‘ladi (12.5 a rasm). Simpatik tonus ustuvorlik qiluvchilarda chizilgan joy oqarib, vagotoniklarda esa qizarib qoladi. Bu sinamani bilak, ko‘krak sohasi yoki ikkala kurak orasida tekshirish mumkin. VNS ning kuchli disfunktsiyasida chizilgan joy qizarib bo‘rtib qoladi.
Reflektor dermografizm. To‘g‘nog‘ichning o‘tkir uchi bilan teriga chizib chaqiriladi. Bunga javoban biroz kengaygan qizil chiziq paydo bo‘ladi (1-a va b rasm). To‘g‘nog‘ichni kuchli bosish tavsiya etilmaydi! Reflektor dermografizmni tekshirish orqali spinal vegetativ tuzilmalar holati o‘rganiladi. Periferik kapillyarlar kengayishi uchun javob beradigan spinal vegetativ markazlarning organik zararlanishida reflektor dermografizm chaqirilmaydi. Kuchli vegetativ disfunktsiyada chizilgan joy ortiqcha qizarib bo‘rtib qoladi va uzoq saqlanadi.
1 (a)-rasm. Mahalliy dermografizm. Bolg‘achaning o‘tmas uchi bilan chizilgandan qolgan iz. | 1 (b)-rasm. Reflektor dermorafizm. To‘g‘nog‘ichning o‘tkir uchi bilan chizilgandan qolgan iz. |
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha