DOKTOR XAUS FENOMENI


Doktor Xaus ishtirokidagi tibbiyot bilan bog‘liq serialni hammamiz yaxshi bilamiz. Uni vrachlar ham, bemorlar ham qiziqib tomosha qilishadi. Ushbu filmda e’tiborimni tortgan bitta narsa bor. Bu doktor Xausning hamkasblari bilan doimo maslahatlashib ish ko‘rishidir. Uning xarakteri g‘alati bo‘lsa-da (umuman olganda talantli odamlar birmuncha g‘alati bo‘lishadi), hamkasblari maslahatiga doimo diqqat bilan quloq soladi, tashxis qo‘yish bilan bog‘liq har bir belgini sinchiklab o‘rganadi. U hech qachon manmanlikka berilmaydi. Ma’lumki, fikrlar to‘qnashuvidan haqiqat tug‘iladi. Doktor Xausning yutug‘i ham ana shuni tushunganida. 
       Maslahat – tibbiyotda bebaho fenomen. Hamkasblari bilan maslahatlashib tashxis qo‘yish yolg‘iz ilmga asoslanib qo‘yilgan tashxisdan afzaldir. 
      Afsuski, biz tashxis qo‘yishda quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yamiz: bemorni avval palata vrachi ko‘radi va o‘z tashxisini qo‘yadi. Uning tashxisini bo‘lim mudiri o‘zga    rtiradi... Men bir-birining tashxisini ma’qullagan vrachlarni, afsuski, juda kam ko‘raman. Bu juda achinarli hol, albatta. Bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yib, davolashni tezroq boshlash o‘rniga o‘zimizni boshqalardan aqlliroq ko‘rsatishga urinamiz. Qaysidir doktor davolash muolajasini to‘g‘ri belgilagan bo‘lsa ham, biz uni tan olishni xohlamaymiz. “U yozgan dorilarini olmang, mana bu dorilarni oling” deb bemorning boshini qotiramiz. Bemor vaqtini va mablag‘ini yo‘qotgani, sog‘lig‘ini tezroq tiklashga harakat qilayotgani bilan ishimiz yo‘q. 
       Professor darajasiga erishgach, yoshlarni tan olgimiz kelmaydi. O‘zimiz qo‘ygan tashxisni shogirdimiz o‘zgartirsa, uni yomon ko‘rib qolamiz. Har bir professor bemorga yolg‘iz o‘zi tashxis qo‘yishga urinmasdan, shogirdlarini ushbu jarayonga bevosita jalb qilishi kerak. Bu jarayon aslida professor uchun foydali. Chunki u bitta eski fikri evaziga bir nechta yangi fikrga ega bo‘ladi. Buning nimasi yomon. Biz yoshlardan bilim va malakamizni qizg‘anmasligimiz kerak.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
                 © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив