DIFFUZ AKSONAL ShIKASTLANISh
Diffuz aksonal shikastlanish bosh miyaning og‘ir jarohatlarida ro‘y beradi va bunday bemorlar uzoq davom etuvchi komaga tushadi. Ularning aksariyatida dekortikatsion yoki detserebratsion rigidlik rivojlanadi. Og‘ir o‘choqli nevrologik simptomlar yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Jumladan, Gertvig-Majandi va Parino sindromlari, qorachiqlar fotoreaktsiyasi so‘nishi, anizokoriya, okulotsefalik refleks yo‘qolishi aniqlanadi. Muskullar tonusi plastik va spastik tarzda oshadi. Yaqqol ifodalangan vegetativ buzilishlar, ya’ni arterial gipertoniya, gipertermiya, gipergidroz, gipersalivatsiya kabi simptomlar vujudga keladi. Diffuz aksonal shikastlanish bilan deyarli 90% bemor halok bo‘ladi. Tirik qolganlarda apallik sindrom rivojlanadi. Diffuz aksonal shikastlanish uchun juda xos bo‘lgan sindromlar – bular detserebratsion va dekortikatsion rigidlik, vegetativ holat va apallik sindrom.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha