Diks-Xolpayk sinamasi
Vestibulyar bosh aylanishni aniqlashda qo‘llaniladigan ushbu sinama quyidagi tarzda o‘tkaziladi. Sinaluvchi kushetkaga o‘tqaziladi. Vrach uning boshini ikkala kafti bilan ushlab o‘ng tomonga 45° ga ohista buradi. Undan ikkala ko‘zi bilan vrachning burun qanshariga qarab turish so‘raladi. So‘ngra vrach sinaluvchini kushetkaga o‘ng tomonga keskin yotqizadi. Sinaluvchining boshi kushetkadan 30° pastga tushgan bo‘lishi va tepaga qarab turishi kerak. Oradan 5 soniyalar o‘tgach sinaluvchida bosh aylanishi va gorizontal-rotator nistagm paydo bo‘lib, bu belgilar 1 daqiqa mobaynida saqlanib tursa, demak, sinama musbat. Bosh aylanishi va nistagm o‘tib ketgach sinaluvchi yana kushetkaga o‘tqaziladi. Bu paytda ham engil nistagm va bosh aylanish kuzatilib turadi. Birozdan so‘ng xuddi shu sinama sinaluvchini chap tomonga yotqizib amalga oshiriladi. Agarda vestibulopatiya o‘ng quloqning vestibulyar apparati bilan bog‘liq bo‘lsa, boshni o‘ng tomonga burganda, chap quloq bilan bog‘liq bo‘lsa, boshni chapga burganda paydo bo‘ladi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
- © Ibodullaev entsiklopediyasi
- © www.asab.uz
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha