Dinamik afaziya


Nutq buzilishining bu turi 1934 yili K. Kleyst tomonidan o‘rganilgan. Olim uni «nutq tashabbusining etishmovchiligi» deb atagan. Ba’zi tadqiqotchilar (I.M. Tonkonogiy, 1973, 2007) dinamik afaziyani «nutq akineziyasi» deb atagan. DA xususiyati shundan iboratki, unda nutq xotirasi, artikulyatsiya va fonematik eshituv saqlanib qoladi. Bemor tovush, so‘z, jumla va narsalarning nomini juda yaxshi takrorlaydi. Bemor na to‘satdan, na mustaqil ravishda gapira oladi, biron-bir tushunarli so‘z yoki gapni ravon ayta olmaydi. DA da o‘qish va yozish buzilmaydi.
Ma’lumki, nutq faqat so‘zdan emas, balki gaplardan ham tuzilgan. Odamlar bir-biri bilan so‘zlardan tuzilgan gaplar orqali muloqotda bo‘lishadi, fikrlarini bayon qilishadi. Har qanday fikrni bayon qilish ichki (impressiv) nutq yordamida yaratilgan dinamik jarayon bo‘lib, o‘zining predikativligi bilan ta’riflanadi. Predikativlik deganda, harakatni ifodalovchi gaplar tushuniladi. Masalan, «men kinoga bormoqchiman», «men kitob o‘qimoqchiman» va hokazo. Bu erda «bormoqchiman» va «o‘qimoqchiman» so‘zlari predikat hisoblanadi.
       Demak, DA ning markaziy mexanizmlari – bu ichki nutq etishmovchiligi, predikativligi va nutq faolligining buzilishidir. Bu bemorlarda nafaqat nutq faolligi pasayishi, balki dinamik apraksiya, umumiy harakat faoliyati sustligi, gipomimiya va hissiy karaxtlik ham kuzatiladi. Biroq o‘z ahvoliga tanqidiy munosabat saqlanib qoladi.
       Shunday qilib, DA – afaziyaning alohida bir turi bo‘lib, unda nutqning sensor va motor mexanizmlari saqlanib qoladi, lekin so‘zlashga qobiliyat yo‘qoladi yoki keskin pasayadi.


Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b. 
              ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. Darslik., 2-nashr., T.; 2021., 960b. 
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
              ©asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив