DEPRESSIYaNI PSIXOTERAPIYaSIZ DAVOLAB BO‘LADIMI?
Bo‘lmaydi! Har qanday depressiyada davolash jarayoni psixoterapiya bilan boshlanishi va psixoterapiya bilan tugallanishi kerak. Farmakoterapiyadan oldin o‘tkazilgan psixoterapiya davolanish jarayonini engillashtirsa, undan keyin o‘tkazilgan psixoterapiya depressiya qaytalanishining oldini oladi. Psixoterapiya, ayniqsa, depressiyaning engil va o‘rta darajadagi turlarida juda samarali. To‘g‘ri tanlangan psixoterapiya yordamida aksariyat hollarda bemorga antidepressantlar tavsiya etmasdan turib uni depressiyadan chiqarish mumkin. Shuningdek, antidepressantning nojo‘ya ta’sirlari ko‘p bo‘lgan holatlar yoki ularni belgilangan terapevtik dozalarda qabul qila olmasa ham psixoterapiyani bosqichma-bosqich va davomli o‘tkazish orqali bemorni depressiyadan xalos qilish mumkin. Ayniqsa, depressiyadagi xavotirli buzilishlar va xarakterdagi o‘zgarishlar psixoterapiya yordamida yaxshi bartaraf etiladi. Har qanday psixoterapiyaning asosiy maqsadi – bemorning sog‘lom psixologik portretini qayta tiklashdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
Bugungi kunda bemorlarni davolash jarayonida qo‘llaniladigan psixoterapevtik usullar juda ko‘p bo‘lib, ularning ba’zilari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha