DEVIK OPTIKOMIELITI


Devik optikomieliti, asosan, ko‘ruv yo‘llari va orqa miyaning o‘tkazuvchi yo‘llari zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Optikomielit klinikasi frantsuz vrachi Devik tomonidan 1894-yili aniqlangan bo‘lsa-da, uning etiologiyasi hanuzgacha to‘la o‘rganilmagan. Asosiy klinik simptomlari – ko‘rish funktsiyasining keskin pasayib borishi va amavrozga o‘tishi hamda markaziy tipdagi tetraparezlar.
       Demielinizatsiya jarayoni ko‘ruv yo‘llari va orqa miyaning yon ustunidagi piramidal yo‘llarda kuzatiladi. Optikomielit o‘tkir boshlanuvchi va kuchayib boruvchi og‘ir autoimmun kasallik bo‘lib, juda kam uchraydi. Ba’zi adabiyotlarda optikomielit alohida kasallik sifatida yoritilgan bo‘lsa, boshqa bir adabiyotlarda TS va O‘TEM ning bir klinik turi sifatida berilgan. Buning asosiy sabablaridan biri, demielinizatsiya jarayonining bir-biridan uzoq bo‘lgan ikki xil joyda (ko‘ruv yo‘llari va orqa miyada) kuzatilishidir.
        Optikomielitni O‘TEM ning bir klinik turi sifatida qaralishiga sabab – demielinizatsiya kuzatilgan joylarda yallig‘lanish reaktsiyalari, limfotsitar infiltratsiya va perdiapedez gemorragiyalar aniqlanishidir. Lekin demielinizatsiya oqibatida yuzaga kelgan sklerotik o‘choqlarning nafaqat ko‘ruv yo‘llari va orqa miyada, balki bosh miyaning periventrikulyar sohasi, miya ustuni va miyachada ham aniqlanishi optikomielitni tarqoq sklerozning bir turi sifatida qaralishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu masalaga oydinlik kiritish uchun optikomielitni yuzaga keltiruvchi etiologik omilni aniqlash zarur.


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив