DELIRIYa
Deliriya (lot. delirium – aqldan ozmoq) – asosan ko‘ruv gallyutsinatsiyasi va illyuziyalar bilan namoyon bo‘ladigan ong buzilishi bo‘lib, o‘z shaxsini anglash saqlanib qoladi. Deliriyani biz ko‘pincha tana harorati oshgan bolalarda va turli xil zaharlanishlarda ko‘ramiz. Bunday paytlarda ularning ko‘ziga turli xil hayvonlar yoki boshqa dahshatli narsalar ko‘rinadi, ularni qo‘li bilan haydaydi, alahsirab yoniga hech kimni yo‘latmaydi. Agar bola tuzala boshlasa, deliriya belgilari ham yo‘qoladi. Spirtli ichimliklardan zaharlanishda ham deliriya holatlarini ko‘p kuzatamiz. O‘tkir meningitning dastlabki bosqichida, gipertermiya va kuchli infektsion intoksikatsiya paytida ham deliriya kuzatiladi. Deliriya ko‘p holatlarda psixomotor qo‘zg‘alishlar bilan kechadi. Deliriya ruhiy kasalliklarda, ayniqsa, shizofreniyada ko‘p uchrashi va surunkali davom etishini esda tutish lozim.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc)
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha