DIQQATNI TEKShIRISh USULLARI
Diqqat – ongning birorta ob’ekt yoki hodisalarga yo‘naltirilganligi va ularni tanlab qabul qilishga qaratilganligi. Diqqatni tekshirish usullari ko‘p bo‘lib, uni quyidagi sinovlardan boshlash mumkin. Agar talabalar xonada 2-3 kundan oshiq dars o‘tayotgan bo‘lishsa, ularning diqqati yakka tartibda tekshiriladi.
Sinov talabalarni ogohlantirmasdan to‘satdan o‘tkaziladi. Buning uchun talabalardan bittasiga quyidagi savol bilan murojaat qilinadi: “Orqaga o‘girilmasdan aytingchi, ushbu xonaning orqa tomonida nimalar bor?” yoki talabaning ko‘zi bog‘lanadi va undan ushbu xonada nimalar bor, ularning soni nechta, ular qaerda va qay tartibda joylashganligi so‘raladi. Sinaluvchi bergan to‘g‘ri javoblar soni qancha ko‘p bo‘lsa, demak, uning diqqati shuncha o‘tkir bo‘ladi.
Diqqatni tekshirish va baholash uchun uning bir qator funktsiya va hususiyatlaridan voqif bo‘lish kerak. Diqqat xususiyatlari quyidagilar: ob’ekt yoki subektga yo‘naltirilganlik, jamlanganlik, hajm, taqsimlanganlik, tezlik, faollik, kenglik, turg‘unlik, bir ob’ektdan (subekt) boshqa ob’ektga (subekt) o‘tkazuvchanlik.
- Diqqatning yo‘naltirilganligi va jamlanganligi. Diqqatni biror ob’ekt yoki subektga qaratishga diqqat yo‘naltirilganligi deb aytiladi. Diqqatni o‘sha ob’ekt yoki subektda ushlab turishga esa diqqat jamlanganligi deyiladi. Boshqa ob’ektlarga qaraganda bu ob’ekt (yoki subekt) ongda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Chunki butun diqqat unga yo‘naltirilgan va unda jamlangan. Masalan, sayyoh bor nigohini Xivadagi kalta minorga qaratdi, ya’ni uning ongi o‘sha ob’ektga yo‘naltirildi va uni diqqat bilan kuzatib boshladi. Demak, sayyohning diqqati o‘sha ob’ektda jamlandi. Bu paytda atrofdagi ob’ektlar va hodisalar uning diqqatidan chetda qoladi. Diqqat qaysi ob’ektga yo‘naltirilgan bo‘lsa, o‘sha ob’ekt ongda yaqqol aks etadi. Demak, ong va ob’ekt orasidagi bog‘liqlikni diqqat ta’minlab beradi. Shu bois ham ongning ob’ektga yo‘naltirilganligiga diqqat deb aytiladi.
- Diqqat hajmi. Bir paytning o‘zida bir nechta ob’ektni qamrab olishga diqqat hajmi deb aytiladi. Kattalarda diqqat hajmi 4-6 ob’ekt bo‘lsa, maktab yoshidagi bolalarda 2-4 ob’ekt hisoblanadi. Ba’zi insonlar bir vaqtning o‘zida bir nechta ob’ekt, subekt va hodisalarni o‘z diqqatida jamlay oladi. Odamning yon-atrofidagi narsa va hodisalar qanchalik bir-biriga bog‘liq bo‘lsa, diqqat hajmi shunchalik katta bo‘ladi. Hozirda diqqat hajmi maxsus pribor, ya’ni taxistoskop yordamida ham o‘rganiladi. Taxistoskop yordamida sinaluvchiga bir nechta ob’ekt 0,1 soniya ichida ko‘rsatiladi. Qanchalik ko‘p ob’ekt eslab qolinsa, diqqat hajmi shunchalik katta deb xulosa qilinadi.
- Diqqat turg‘unligi. Diqqatni biror ob’ekt yoki subektda uzoq vaqt ushlab tura olishga diqqat turg‘unligi deb aytiladi. Diqqat turg‘unligi, albatta, uning yo‘naltirilganligi va jamlanganligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Diqqat qancha turg‘un bo‘lsa, kuzatilayotgan ob’ekt va subektlar haqida shuncha ko‘p ma’lumot eslab qolinadi. Chunki xotira diqqat turg‘unligiga bevosita bog‘liq. Umuman olganda, diqqat – bu xotira darvozasi. Diqqatning barcha hususiyatlari yaxshi rivojlangan odamda eslab qolish qobiliyati ham kuchli bo‘ladi.
- Diqqatni o‘tkazish. Diqqatni bir ob’ektdan boshqa ob’ektga yo‘naltirishga diqqatni o‘tkazish deb aytiladi. Masalan, deraza oldida joylashgan ish stolingizdagi kompyuterda ishlab o‘tiribsiz. Shu payt nigohingizni tashqarida o‘sayotgan daraxtga qaratdingiz va uni kuzata boshladingiz. Ushbu holat diqqatni bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga o‘tkazishga misol bo‘la oladi. Diqqatni o‘tkazish, odatda, ongli ravishda ro‘y beradi. “Diqqatni o‘tkazish” va “diqqat chalg‘ishi” bir xil ma’noni anglatmaydi. Masalan, parishonxotir odam yoki yosh boladagi giperaktiv sindromda diqqat bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga hadeb o‘taveradi. Bu holatga diqqat chalg‘ishi deyiladi. Ularning diqqati tarqoq bo‘ladi va ko‘p chalg‘ishadi.
Diqqat o‘tkirligi va tezligini tekshirish
Bu sinama 2 xil bosqichda o‘tkaziladi: 1) sinaluvchining ko‘zi bog‘lanadi va u savollarga javob berib boshlaydi; 2) sinaluvchiga xonadagi narsalarga bir ko‘z yugurtirib (5 soniya), keyin savollarga javob berish buyuriladi.
Sinaluvchi tez-tez javob berishi kerak. Agar dars paytida ushbu sinama bir nechta talabada o‘tkazilsa, kimning diqqati o‘tkirroq ekanligini aniqlash uchun sekundomerdan foydalaniladi. Barcha talabalardan bitta xonada sinamani o‘tkazish mumkin emas. Chunki ular xonadagi narsalarni yodlab olishi mumkin. Diqqat charchab qolmasligi uchun hazil-mutoyibali savollar ham bo‘lishi kerak.
Diqqatni aniqlash uchun beriladigan savollar:
1. Xonada nechta stul bor?
2. Xonada nechta stol bor?
3. Devorga nechta portret osilgan?
4. Xonadagi qizlarning qo‘li nechta?
5. Xonaga kiriladigan eshikning rangi qanday?
6. Nechta talaba oyna oldida o‘tiribdi?
7. Xonada nechta noutbuk bor?
8. Stol ustida nechta kitob bor?
9. Nechta talaba galstuk taqib kelgan?
10. Nechta qiz shimda kelgan?
So‘ngra boshqa sinamalarga o‘tiladi. Bular psixodiagnostikada keng tarqalgan Burdon, Shulte va Krepelin sinamalaridir.
Burdonning korrektura sinamasi
Maqsad: Diqqat o‘tkirligi, turg‘unligi va uni bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga o‘tkazish tezligini tekshirish.
O‘tkazish tartibi: Buning uchun maxsus blanklar va sekundomer kerak bo‘ladi. Tekshiruv maqsadi tushuntiriladi. So‘ngra tasodifiy ravishda joylashgan yirik raqamlar yozib qo‘yilgan blank sinaluvchi qo‘liga beriladi. U o‘zi xohlagan bitta sonni (masalan, 8 ni) 60 soniya ichida vertikal ravishda o‘chirib chiqishi kerak. Tekshiruvchi sekundomerni qo‘liga olib “Boshlang”, deb buyruq beradi va vaqtni belgilaydi. 60 soniyadan so‘ng “Vaqt o‘tdi” deyiladi va topshiriqni bajarish to‘xtatiladi. Kelgan joyga belgi qo‘yiladi. Har bir vertikal qator bajarilganda topshiriq to‘xtatilib, tekshiruvga ketgan vaqt daftarga qayd qilib boriladi.
Burdonning korrektura sinamasi blanki
(sinaluvchi qo‘lida bo‘ladi)
Ism sharifi_____________________________yoshi sana_______
Topshiriq: Har bir qatordagi 8 raqamini vertikal yo‘nalishda o‘chirib chiqing. Sizga 60 soniya muhlat.
1 | 4 | 5 | 7 | 3 | 9 | 6 | 4 | 6 | 3 | 3 | 3 | 6 | 8 | 4 | 6 | 3 | 3 | 3 | 6 | 8 | 6 | 4 |
5 | 8 | 1 | 3 | 4 | 7 | 5 | 5 | 5 | 6 | 4 | 4 | 4 | 0 | 5 | 5 | 6 | 4 | 4 | 4 | 0 | 5 | 5 |
7 | 4 | 2 | 5 | 6 | 2 | 4 | 6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 4 | 6 |
8 | 3 | 5 | 7 | 8 | 3 | 6 | 2 | 4 | 8 | 9 | 8 | 3 | 6 | 2 | 4 | 8 | 9 | 8 | 3 | 6 | 6 | 2 |
6 | 8 | 4 | 2 | 6 | 8 | 7 | 3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 7 | 3 |
4 | 6 | 3 | 3 | 3 | 6 | 8 | 7 | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 7 | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 8 | 7 |
5 | 5 | 6 | 4 | 6 | 4 | 0 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 0 | 8 |
6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 8 | 7 |
2 | 4 | 8 | 9 | 8 | 3 | 6 | 5 | 5 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 5 | 5 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 6 | 5 |
3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 4 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 3 | 3 |
7 | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 7 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 8 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 4 | 4 |
8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 8 | 4 | 3 | 5 | 4 | 4 | 8 | 4 | 4 | 3 | 5 | 4 | 4 | 8 | 7 | 8 |
7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 4 | 6 | 3 | 3 | 3 | 6 | 7 | 4 | 6 | 3 | 2 | 3 | 6 | 5 | 9 | 4 |
5 | 9 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 5 | 5 | 6 | 4 | 7 | 4 | 0 | 5 | 5 | 6 | 4 | 9 | 4 | 0 | 6 | 5 |
3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 3 | 6 |
4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 2 | 4 | 8 | 9 | 8 | 3 | 6 | 2 | 4 | 8 | 9 | 8 | 3 | 6 | 4 | 2 |
8 | 4 | 3 | 5 | 4 | 4 | 8 | 3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 0 | 5 |
5 | 8 | 7 | 2 | 6 | 6 | 6 | 7 | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 7 | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 8 | 6 |
6 | 2 | 3 | 3 | 7 | 8 | 2 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 6 | 2 |
3 | 9 | 5 | 7 | 8 | 7 | 1 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 3 | 3 |
2 | 1 | 3 | 9 | 4 | 6 | 3 | 5 | 5 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 2 | 1 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 4 | 7 |
3 | 7 | 3 | 6 | 2 | 5 | 4 | 3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 2 | 8 |
4 | 4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 8 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 5 | 6 |
3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 7 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 1 | 7 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 8 | 7 |
7 | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 4 | 4 |
8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 8 | 4 | 3 | 5 | 4 | 4 | 8 | 8 | 4 | 3 | 5 | 4 | 4 | 8 | 7 | 8 |
7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 4 | 6 | 3 | 3 | 3 | 6 | 2 | 4 | 6 | 3 | 3 | 3 | 6 | 3 | 9 | 4 |
5 | 4 | 3 | 5 | 4 | 8 | 6 | 5 | 5 | 6 | 4 | 7 | 4 | 0 | 5 | 5 | 6 | 4 | 8 | 4 | 0 | 6 | 5 |
8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 8 | 4 | 3 | 5 | 8 | 3 | 8 | 8 | 4 | 3 | 5 | 4 | 4 | 5 | 7 | 8 |
7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 4 | 6 | 3 | 3 | 3 | 6 | 6 | 4 | 6 | 3 | 3 | 3 | 6 | 8 | 9 | 4 |
5 | 5 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 5 | 5 | 6 | 4 | 4 | 4 | 0 | 5 | 5 | 6 | 4 | 4 | 4 | 0 | 6 | 5 |
3 | 8 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 3 | 6 |
8 | 4 | 3 | 5 | 4 | 4 | 8 | 3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 0 | 5 |
5 | 8 | 7 | 2 | 6 | 6 | 6 | 7 | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 7 | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 8 | 6 |
6 | 2 | 3 | 3 | 7 | 8 | 2 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 6 | 2 |
3 | 9 | 5 | 7 | 8 | 7 | 1 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 3 | 3 |
2 | 1 | 3 | 9 | 4 | 6 | 3 | 5 | 5 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 2 | 1 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 4 | 7 |
3 | 7 | 3 | 6 | 2 | 5 | 4 | 3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 2 | 8 |
4 | 4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 8 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 5 | 6 |
3 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 7 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 1 | 7 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 8 | 7 |
Xulosa yozish tartibi. Tekshiruv natijalari o‘chirmasdan o‘tkazib yuborilgan raqamlar, o‘chirilgan boshqa raqamlar va bajarishga ketgan vaqtga qarab baholanadi. Topshiriq 8-10 daqiqa ichida bajarilishi kerak. Bu norma. O‘nta xatogacha yo‘l qo‘yish ham norma hisoblanadi.
1. Diqqat kontsentratsiyasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
DK= (Σ1 – Σ2 – Σ3) / Σ x 100%
bunda:
Σ1 – to‘g‘ri o‘chirilgan raqamlar;
Σ2 – o‘tkazib yuborilgan raqamlar;
Σ3 – xato o‘chirilgan raqamlar;
Σ – vertikal qatorda o‘chirish uchun tavsiya qilingan raqamlar yig‘indisi.
Diqqat kontsentratsiyasi darajasi (%):
81-100 – juda yuqori; 61-80 – yaxshi; 41-60 – o‘rta; 21-40 – yomon; 0-20 – juda yomon.
2. Diqqat turg‘unligi har bir vertikal qator uchun quyidagi formula asosida alohida-alohida baholanadi:
A = S / T
bunda:
A – diqqat turg‘unligi;
S – vertikal qatorda ko‘rib chiqilgan sonlar;
T – bajarishga ketgan vaqt.
Izoh: Har bir tekshiruv natijasini grafik chizmalarda ars ettirib, “diqqat turg‘unligi yoki charchashi”dinamikada kuzatib boriladi.
3. Diqqatni bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga o‘tkazish ko‘rsatkichini baholash quyidagi formula orqali bajariladi:
S = (So / S) x 100
bunda:
So – xato bajarilgan vertikal qatorlar soni;
S – sinaluvchi ko‘rib chiqqan umumiy qatorlar soni.
Krepelin sinamasi
(hisoblashni tekshirish)
Maqsad: Diqqat tezligi, charchashi va aqliy faoliyat darajasini tekshirish.
O‘tkazish tartibi: Krepelin jadvali, ya’ni blank, sekundomer va qalam kerak bo‘ladi. Topshiriq qanday o‘tkazilishi sinaluvchiga tushuntiriladi: “Ushbu blankdagi har bir vertikal qatorda orasiga qo‘shuv va ayiruv belgilari qo‘yilgan raqamlar bor. Siz ularni xayolda bajarib, natijani tagiga yozib borasiz. Men sizga har 20 soniya ichida “To‘xtang!” deyman. Shu payt to‘xtab keyingi vertikal qatorga o‘tasiz”.
Krepelin bo‘yicha hisoblashni tekshirish blanki
(sinaluvchi qo‘lida bo‘ladi)
Bemor_________________; Yoshi_____; jinsi____; Sana_______
Ko‘rsatma: Ushbu jadvaldagi qo‘shish va ayirishlarni xayolda bajarib, javobini yozib boshlang. Men “To‘xtang” deganda, topshiriqni bajarishdan to‘xtaysiz.
+ | 5 | 6 | 4 | 4 | 4 | 0 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 0 | 8 | |
2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 8 | 7 | ||
- | 9 | 8 | 6 | 5 | 3 | 6 | 5 | 6 | 8 | 5 | 9 | 3 | 6 | 5 | 5 | 5 | 5 | 3 | 8 | 6 | 7 | 5 | |
5 | 3 | 6 | 1 | 4 | 3 | 2 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 2 | 3 | 6 | 4 | 1 | 3 | 3 | 3 | 3 | ||
+ | 8 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 4 | 5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 4 | 4 | |
6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 8 | 4 | 3 | 5 | 4 | 4 | 8 | 8 | 4 | 3 | 5 | 4 | 4 | 8 | 7 | 8 | ||
- | 5 | 9 | 8 | 7 | 5 | 9 | 7 | 8 | 6 | 9 | 4 | 6 | 8 | 5 | 6 | 9 | 5 | 4 | 6 | 8 | 9 | 6 | |
5 | 5 | 5 | 4 | 3 | 6 | 5 | 5 | 6 | 4 | 4 | 4 | 0 | 4 | 5 | 6 | 4 | 4 | 4 | 0 | 6 | 5 | ||
+ | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 6 | 2 | 7 | 8 | 6 | 7 | 8 | 3 | 6 | |
5 | 4 | 6 | 8 | 2 | 4 | 2 | 4 | 8 | 9 | 8 | 3 | 6 | 2 | 4 | 8 | 9 | 8 | 3 | 6 | 4 | 2 | ||
- | 8 | 7 | 5 | 6 | 9 | 8 | 7 | 8 | 5 | 6 | 9 | 8 | 7 | 8 | 5 | 3 | 6 | 9 | 4 | 3 | 9 | 5 | |
4 | 3 | 2 | 6 | 6 | 6 | 3 | 5 | 4 | 2 | 1 | 5 | 4 | 1 | 3 | 1 | 2 | 1 | 2 | 3 | 8 | 3 | ||
+ | 2 | 3 | 3 | 7 | 8 | 2 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 8 | 6 | 7 | 3 | 2 | 3 | 7 | 6 | 2 | |
9 | 5 | 7 | 8 | 7 | 1 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 7 | 5 | 2 | 8 | 3 | 2 | 9 | 3 | 3 | ||
- | 7 | 3 | 9 | 4 | 6 | 8 | 5 | 5 | 5 | 5 | 4 | 5 | 6 | 5 | 5 | 5 | 5 | 6 | 9 | 6 | 4 | 8 | |
3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 3 | 6 | 4 | 6 | 4 | 3 | 3 | 3 | 6 | 4 | 4 | 4 | 3 | 2 | 1 | ||
Natijalarni aks ettirish uchun blank (sinaluvchi qo‘lida bo‘ladi)
-To‘g‘ri echilgan sonlar
-Noto‘g‘ri echilgan sonlar
-Echilmay o‘tkazib yuborilgan sonlar
Natijalarni tahlil qilish va xulosa yozish. Har bir vertikal qatorda 20 soniya ichida qancha to‘g‘ri va noto‘g‘ri amallar bajarilganligi o‘rganib chiqiladi. Masalan, sinaluvchi dastlabki 20 soniya ichida 12 ta qo‘shuv-ayiruvni to‘g‘ri bajardi va 1 ta xatoga yo‘l qo‘ydi, keyingi 20 soniya ichida 10 ta to‘g‘ri, 2 ta noto‘g‘ri, undan keyingi 20 soniya ichida 11 ta to‘g‘ri, 3 ta noto‘g‘ri va h.k. Bu erda diqqat va aqliy charchash bo‘yicha grafik tuzish ham mumkin. Ushbu metod asosida ishchanlik koeffitsienti (Kishch.) aniqlanadi:
K ishch. = S2/S1
bunda
S2 – oxirgi to‘rt qatordagi to‘g‘ri bajarilgan amallar yig‘indisi;
S1 – birinchi to‘rt qatordagi to‘g‘ri bajarilgan amallar yig‘indisi.
Agar Kishch. = 1 bo‘lsa yoki unga yaqinlashsa, demak diqqat charchashi (buni aqliy charchash ham deyiladi) yo‘q. Jadvaldagi amallarni bajarish mobaynida xatolarning ko‘payib borishi diqqat toliqishi, ya’ni aqliy charchashdan dalolat beradi.
Shulte jadvali
(sonlarni topib chiqish usuli)
Maqsad: Diqqat tezligi, xajmi va toliqish darajasini tekshirish.
O‘tkazish tartibi: Buning uchun yoki 5 jadval tanlab olinadi. Har bir jadval kamida 30x30 sm.li karton qog‘ozda aks etgan bo‘lishi kerak. Bu jadvallarda 1 dan 25 gacha bo‘lgan sonlar xaotik tarzda joylashtiriladi. Qoida bo‘yicha barcha jadvallar ketma-ket bajarib boriladi. Har bir jadvaldagi sonlarni topishga ketgan vaqt sekundomer yordamida daftarga qayd qilib boriladi. Sinaluvchi barcha sonlarni, ya’ni birdan oxirgi songacha ovoz chiqarib ko‘rsatib berishi kerak.
Shulte jadvallari
14 18 7 24 2 122 1 10 9 6 16 5 8 20 1123 2 25 3 15 19 13 17 12 4 | 9 5 11 23 20 14 25 17 19 13 3 21 7 16 118 12 6 24 4 8 15 10 2 22 |
5 14 12 23 2 18 25 7 24 13 11 3 20 4 16 6 10 9 22 121 15 9 17 8 | 21 12 7 1 20 6 15 17 3 18 19 4 8 25 13 24 2 22 10 5 9 14 11 23 16 |
Natijalarni tahlil qilish va xulosa chiqarish:
DT – diqqat tezligi (soniya) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
DT = J1+J2+J3+J4/4
bunda:
J1 – birinchi jadvalga ketgan vaqt (soniya)
J2 – birinchi jadvalga ketgan vaqt (soniya)
J3 – birinchi jadvalga ketgan vaqt (soniya)
J4 – birinchi jadvalga ketgan vaqt (soniya)
Shulte jadvali bo‘yicha turli yoshlarda diqqat tezligi ko‘rsatkichlari (soniya)
Yoshi | Ballar | ||||
5 ball (juda yukori) | 4 ball (yukori) | 3 ball (o‘rtacha) | 2 ball (past) | 1 ball (o‘ta past) | |
6-7 yosh | 51 gacha | 61-70 | 71-80 | 81-90 | 91 dan ko‘p |
8-9 yosh | 41 gacha | 51-60 | 61-70 | 71-80 | 81 dan ko‘p |
10-11 yosh | 31 gacha | 41-50 |
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha
|