Disgamiya


Er-xotin orasidagi jinsiy munosabatlar uyg‘unligi buzilishiga disgamiya deb ataladi. Disgamiya ikki tomondan birining jinsiy qoniqmasligi tufayli oila buzilishi, o‘zaro xiyonat yoki turli darajada ifodalangan nevrozlarga sabab bo‘ladi. Aksariyat hollarda disgamiyaning asosiy sababi jinsiy aloqaning tez tugashidir (sust erektsiya va vaqtli eyakulyatsiya sababli). Chunki ayol kishi jinsiy aloqaning orgazm bilan tugashini xohlaydi. Aytib o‘tganimizdek, erkak kishiga qaraganda, ayol kishida orgazm kelishi birmuncha mushkul. Jinsiy aloqaning vaqtli tugashi nafaqat ayol kishi, balki erkak kishi ruhiyatiga ham ziyon etkazadi va erkak kishi rafiqasining oldida erkaklik burchini bajara olmaganidan o‘zini gunohkor deb biladi. Frigidlikdan farqli o‘laroq, disgamiyani ayol kishi ruhan og‘ir kechiradi. Ayol kishi bir tomondan, turmush o‘rtog‘ini inson sifatida, bolalarining otasi sifatida yaxshi ko‘radi, ikkinchi tomondan undan jinsiy qoniqish hosil qilmaydi. Aynan mana shunday vaziyatga ko‘p oilalar duch keladi va buning 
oqibatida tez-tez janjallar kelib chiqadi.
        
Erkakda ham, ayolda ham jinsiy aloqa bir xil paytda orgazm bilan tugasa, ikkala tomon ham jinsiy yaqinlikdan katta qoniqish his qiladi va o‘zaro ayblovlarga o‘rin qolmaydi. Ayol kishida orgazm uzoqroq davom etadi. Erkak kishi jinsiy aloqa tugagandan so‘ng tez turib ketishni xohlasa, ayol kishi esa uni eri yana erkalashini xohlaydi. Ayol kishida orgazm bir soatgacha davom etishi ham mumkin. Seksolog olimlar fikricha, orgazmning kelish tezligi va davomiyligi ayol kishining mizojiga ham bog‘liq. Ba’zi ruhiy kasalliklarda orgazm juda cho‘zilib ketadi.
        
Ba’zi ayol va erkaklar orgazm olatning hajmiga bog‘lashadi. Bu muammo qadimdan ko‘pchilikni qiziqtirib kelgan va uni o‘rganish uchun juda ko‘p shaxsiy suhbatlar va so‘rovnomalar o‘tkazilgan. Bu sohani chuqur o‘rgangan mutaxassislarning fikricha, orgazm olat hajmiga bog‘liq emas va bu erda ruhiy omil juda katta ahamiyatga ega. 
        
Chunki olatning kichik hajmda bo‘lishi faqat og‘ir endokrin kasalliklarda (nanizm, gipopituitrizm) kuzatiladi va  bor-yo‘g‘i 2 foizni tashkil qiladi. Seksologlar fikricha,  erimning olati kichik deb shikoyat qiladigan ayollar soni (jinsiy aloqadan qoniqishsa-da) o‘rtacha 30 % ni  tashkil qilarkan. Ayollarning deyarli 90 %  – eng asosiysi, jinsiy aloqaning qoniqish bilan tugashi, deb hisoblashadi. Ayollar orasida o‘tkazilgan juda ko‘p so‘rovnomalar natijasi quyidagicha: jinsiy yaqinlikdan so‘ng ham ayolga shirin so‘zlar aytish va erkalatishlar uning qoniqishi uchun o‘ta muhim omillardan biridir.
Shuni unutmaslik lozimki, jinsiy yaqinlik paytida erkak ham, ayol ham barcha sanitariya va gigiena talablariga, albatta, amal qilishlari kerak.


Manba:  ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b. 
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
              ©asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив