Dismetriya sinamasi
Sinaluvchi bolg‘achani bir qo‘li bilan ushlab turadi. Ikkinchi qo‘lining bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan ushbu bolg‘achaning keng va tor qismlarini galma-gal ushlashi lozim (1-rasm).
Ushbu sinama ikkala qo‘lda ham ketma-ket tekshiriladi. Sog‘lom odam buni bemalol bajaradi. Miyacha kasalliklarida ushbu sinamani bemor qo‘llarida titroqlar bilan bajaradi, qo‘lidagi bolg‘acha o‘ynab ketaveradi, uning keng va tor joylarini to‘g‘ri ushlay olmaydi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha