Danin-Ashnerning ko‘z-yurak refleksi va solyar reflekslar
Danin-Ashnerning ko‘z-yurak refleksi. Sinaluvchi gorizontal holatda yotqiziladi. Uning ko‘z olmalariga ikkala barmoq bilan 20-30 soniya mobaynida sekin-asta sezilarli darajada bosib turiladi (1-rasm).
![]()  | Normada puls bir daqiqaga 8-9 ta urishga kamayadi. Masalan, tomir urishi 80 bo‘lsa, u 70 ga tushadi. Bunday paytda ushbu refleks musbat hisoblanadi.  | 
| 1-rasm. Danin-Ashner refleksini tekshirish usuli | |
Parasimpatik tonus ustuvorligida, ya’ni vagotonikda puls 16-20 urishga kamayadi, simpatik tonus ustuvorligida puls o‘zgarmasdan qoladi yoki biroz tezlashadi. Agar ushbu sinamada puls tezligi o‘zgarmasa, refleks manfiy deb yoziladi.
Solyar refleks. Sinaluvchi gorizontal holatda yotqiziladi (2-rasm).
![]()  | So‘ngra quyosh chigaliga rasmda ko‘rsatilganidek ikkala qo‘l bilan 20-30 soniya mobaynida bosib turiladi. Normada AQB biroz pasayadi va puls  5-9 urishga kamayadi. | 
| 2-rasm. Solyar refleksni tekshirish usuli | 
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Обуна бўлиш 
Ва биринчи бўлиб билинг!
				Ва биринчи бўлиб билинг!
					
					Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
				
				
				Qiziq maqolalar 
		"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha
			
