IDIOPATIK EPILEPSIYa
Nasliy moyillik sababli rivojlangan epilepsiyaga idiopatik epilepsiya deb aytiladi. Idiopatik epilepsiyada bosh miyada struktur o‘zgarishlar kuzatilmaydi, nevrologik statusda patologik o‘zgarishlar aniqlanmaydi. Idiopatik epilepsiya oilaviy tarzda ham, sporadik tarzda ham uchraydi.
Idiopatik epilepsiyaning 2 turi farqlanadi:
A) Tarqalgan idiopatik epilepsiya turlari:
- Xavfsiz kechuvchi oilaviy neonatal epilepsiya
- Xavfsiz kechuvchi idiopatik neonatal epilepsiya
- Erta bolalik davrining xavfsiz kechuvchi mioklonik epilepsiyasi
- Bolalar absans epilepsiyasi (piknolepsiya)
- Yuvenil absans epilepsiya
- Yuvenil mioklonik epilepsiya
- Uyg‘onganda kuzatiladigan tonik-klonik tipdagi xurujlar
- Tarqalgan idiopatik epilepsiyaning boshqa turlari
- Maxsus ta’sirlar bilan qo‘zg‘aganda kuzatiladigan epileptik xurujlar
- Rolandik epilepsiya (markaziy-temporal piklar bilan xavfsiz kechuvchi bolalar epilepsiyasi)
- Ensa paroksizmlari bilan kechuvchi bolalar epilepsiyasi
- O‘qishning birlamchi epilepsiyasi
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
©Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Qo`llanma., Toshkent, 2018., 128 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha