INFEKTsION MONONUKLEOZDA MENINGI
Etiologiyasi. Ushbu meningit chaqiruvchisi Epshtayn-Barr virusi bo‘lib, kasallik, asosan, bolalar va o‘smirlarda uchraydi.
Klinikasi. Kasallik tana harorati ko‘tarilishi, angina, umumiy holsizlik va bosh og‘riqlari bilan boshlanadi. Ushbu kasallik uchun limfatik tugunlar, jigar va taloqning kattalashuvi juda xos. Infektsion mononukleazda bu belgilar har doim uchraydi. Meningit esa bor-yo‘g‘i 5% holatlarda kuzatiladi va, asosan, ensa mushaklari rigidligi bilan namoyon bo‘ladi. Engil ifodalangan Kernig simptomi ham aniqlanadi. Ba’zi bemorlarda kranial nevropatiya, deliriya, epileptik xurujlar, ataksiya, vegetativ nevropatiya va poliradikulonevropatiya belgilari aniqlanadi. Bu simptomlar meningeal simptomlarsiz namoyon bo‘lishi ham mumkin. Likvorda limfotsitar pleotsitoz, qonda kuchli limfotsitoz va mononuklear hujayralar aniqlanadi.
Davolash. Maxsus davolash usuli ishlab chiqilmagan. Asosan, simptomatik davolash muolajalari o‘tkaziladi.
Prognoz. Aksariyat hollarda bemor to‘la tuzalib ketadi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha