Ixtiyorsiz harakat
Ixtiyorsiz harakat – ongsiz tarzda bajariladigan reflektor harakat. Bunday harakatlar orqa miya, po‘stlog‘osti tugunlari, ya’ni bazal gangliyalar faoliyati bilan bog‘liq avtomatik harakatlar hisoblanadi. Demak, ixtiyorsiz harakatlar negizida shartsiz reflektor faoliyat yotadi. Yorug‘lik, og‘riq, tovush va shu kabi boshqa ta’sirotlarga javoban ixtiyorsiz tarzda to‘satdan paydo bo‘luvchi harakat reaktsiyalarini ham ixtiyorsiz harakatlarga misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha