Kardiovaskulyar buzilishlar
Bunday buzilishlar VDS ning eng ko‘p uchraydigan simptomlari hisoblanadi. Simpatikotoniklar va vagotoniklarda kardiovaskulyar buzilishlar turlicha kechadi. Bu haqda yuqorida aytib o‘tdik. Amaliy tibbiyotda VDS ning kardiovaskulyar buzilishlar ustunlik qiladigan turi neyrotsirkulyator distoniya deb ataladi. VDS bilan kasallangan 40 yoshdan oshgan bemorlarda kardialgiyaning ko‘p kuzatilishi ularni xavotirga solib qo‘yadi. Bunday bemorlar stenokardiyadan qo‘rqib, bir necha bor EKG tekshiruvlaridan o‘tishadi. Yurak sohasidagi og‘riqlar sanchuvchi, kuydiruvchi va siquvchi xususiyatga ega. Stenokardiyadan farqli o‘laroq, bu og‘riqlar jismoniy zo‘riqishlarda kuchaymaydi, irradiatsiya qilmaydi, nitratlardan so‘ng o‘tib ketmaydi, EKG da ishemiya belgilari aniqlanmaydi. Kardialgiyalar, asosan, psixoemotsional stresslardan so‘ng yoki vegetativ krizlar paytida vujudga keladi. Og‘riqlar ko‘p hollarda soatlab saqlanadi, kam hollarda tez o‘tib ketadi. Shuningdek, yurak sohasida uvishish, giperventilyatsiya, qo‘rquv va xavotir belgilari paydo bo‘ladi. Bu belgilar majmuasi kardiosenestopatik sindrom deb ataladi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. Darslik., 2-nashr., T.; 2021., 960b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha