Kardioembolik insult


Kardioembolik insult – yurak ichidan ajralib chiqqan embollar miya tomirlariga etib borib, ularni tiqib qo‘yishi natijasida rivojlanadigan insult. Shuning uchun ham ishemik insultning bu turi kardioembolik insult deb ataladi. Embollar manbai – yurakning chap klapanlarida joylashgan tromblar. Bu tromblar yurak aritmiyalari, ayniqsa, hilpillovchi aritmiyada o‘rnidan ko‘chadi va embollar hosil qiladi. Yurakda tromblar, asosan, bakterial endokardit, AS, yurakning sun’iy klapani, yurak aritmiyalari, miksoma, miokard infakti, yurakda qon aylanishni to‘xtatib qilinadigan xirurgik operatsiyalar va kardiomiopatiyalarda paydo bo‘ladi.
Miya arteriyalarini tiqib qo‘ygan embol, ko‘p hollarda, fibrinolizga uchraydi va qon aylanish yana tiklanadi. Agar embol parchalanmasa, arteriyaning distal qismida perfuzion bosim tushib ketadi va qon elementlari tomir devoridan tashqariga sizib chiqa boshlaydi. Buning natijasida perivaskulyar sohada perdiapedez gemorragiya o‘choqlari paydo bo‘ladi. Demak, embolizatsiya ro‘y bergan arteriya sohasida ham ishemik, ham gemorragik infarkt rivojlanadi. Bunday hollarda, odatda, aralash insult atamasi qo‘llaniladi. Embolizatsiya mexanizmi bo‘yicha ro‘y bergan ishemik insultda gemorragik infarkt rivojlanish xavfi doimo yuqori ekanligini esda tutish lozim. Kardioembolik insult rivojlanishida eng xatarli omil – bu hilpillovchi aritmiya. Yirik arteriyalar aterosklerozi kardioembolik insult rivojlanishida ahamiyatli emas.


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Insult va koma. Qo`llanma. Toshkent, 2013., 193 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив