Koksit
Koksit – chanoq-son bo‘g‘imi yallig‘lanishi. Bolalik va o‘smirlik davrida ko‘p uchraydi. Koksit ko‘pincha sil kasalligida kuzatiladi. Koksit chanoq-son bo‘g‘imida harakatning keskin chegaralanishi va ushbu sohada og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi. “Koksit” tashxisini bemorning yurishiga qarab ham qo‘yish mumkin. Bemor yurganda gavdasi oldinga biroz engashib, orqa tomoni biroz chiqib turadi. Harakatlarning chanoq-son bo‘g‘imida chegaralanganligi bemorning qadam tashlashidan shundoq bilinib turadi: u engil qadam tashlab yura olmaydi. Cho‘kkalab o‘tirgan bemorning tizza va chanoq-son bo‘g‘imlarida bukilgan oyoqlari ikkala yon tomonga to‘la yozilmaydi. Chanoq-son bo‘g‘imidagi og‘riq sonni ichkari va tashqariga burganda kuchayadi. Oyoqlarini yozib qo‘yib, tovon tagidan musht bilan urganda chanoq-son bo‘g‘imida og‘riq paydo bo‘ladi yoki kuchayadi. Chov burmasi sohasi bosib tekshirilganda ham og‘riq vujudga keladi yoki kuchayadi. Chanoq-son bo‘g‘imida teri burmasi yo‘g‘onlashadi. Pay reflekslari o‘zgarmaydi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha