HIQILDOQNING YuQORI NERVI NEVRALGIYaSI
Hiqildoqning yuqori nervi sezgi, harakat va parasimpatik tolalardan iborat bo‘lib, ichki uyqu arteriyasining orqa tomonidan o‘tadi va hiqildoqqa boradi. Uning harakat tolalari hiqildoq va halqum muskullarining bir qismini innervatsiya qilsa, sezgi va parasimpatik tolalari, asosan, hiqildoqning ustki va tilning orqa qismlarini innervatsiya qiladi.
Hiqildoqning yuqori nervi ko‘pincha ichki uyqu arteriyasi va yuqori hiqildoq sohasida o‘tkaziladigan xirurgik operatsiyalardan so‘ng zararlanadi. Ba’zida uning sababi aniqlanmay qoladi. Kasallik hiqildoq sohasida 1-2 daqiqagacha davom etadigan kuchli og‘riq xurujlari bilan namoyon bo‘ladi. Og‘riq xuruji paytida ketma-ket yo‘tal tutadi. Bu nervni qalqonsimon tog‘ayning yuqori qismi sohasida hiqildoqni yon tomondan bosib tekshirish mumkin. Bunda og‘riq xuruji yana qo‘zg‘aydi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha